Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Asar nomi
Kim?
Nima? 
“Laqma it” asari
Sh. Sa’dulla
It, mushuk, Moshxon, echki, sigir, 
Govmush, Olaqashqa, xo‘roz, tovuq, 
kurka, o‘rdak
Boshlang‘ich sinflarda “Sifat” tushunchasini shakllantirish о‘quvchilarning “predmet 
belgisi” degan umumlashtirilgan kategoriyani о‘zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu 
maqsadda rang, maza, shakl hajm, xil xususiyat bildiradigan sо‘zlar aniqlanadi va shu sо‘zlarning 
xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning lug‘aviy ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik 
xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatni о‘rganishda og‘zaki va yozma ijodiy ishlarga katta о‘rin 


20
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
beriladi. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifodalashdagi rolini puxta о‘zlashtirishga 
erishish uchun sinonim va antonim sifatlar ustida ishlash, о‘qish darslarida esa sifatning о‘z va 
kо‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq.
4 sinf Ona tili darslarida nazariy ma’lumotlarga asoslanib, matnda berilgan otlarning belgilarini 
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qо‘yish, gapda sifat bog‘langan otni aniqlab yozish, otga mos 
sifatlar tanlab, predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki sо‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi 
mashqlardan foydalaniladi. Bunda badiiy asar materiallaridan foydalanish yaxshi samara beradi. 
О‘quvchilarda sifatning otga bog‘lanishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi 
topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1-topshiriq. G‘afur G‘ulomning “Buni toping, qizlarim” topishmoq she’ridan sifatlarni topib, 
quyidagi jadvalga joylashtiring:
Rang-tus bildiruvchi 
sifatlar
Maza-ta’m bildiruvchi 
sifatlar
Hajm bildiruvchi 
sifatlar
Shakl bildiruvchi 
sifatlar
Xil-xususiyat 
bildiruvchi sifatlar
qizil, kо‘k, qora, 
sariq, oq, malla
mazali,taxir, shirin, 
nordon
qalin, mayda
yumaloq
po‘k
Boshlang‘ich sinf Ona tili darslarida grammatik jadvallar, test, rasmlar, muhokamali 
topshiriqlar, har xil mantiqiy vaziyatlar, boshqotirmalar, yozuvchi va shoirlarning hayoti, ijodi, 
ularning boy madaniy merosini tushuntirish uchun multimedia vositalaridan, videoroliklardan, 
elektron darsliklardan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Misol uchun Fe’l so‘z turkumini 
quyidagi jadval asosida bolalarga tushintirilganda samarali natija berishi mumkin: 
Umuman olganda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini nazarda tutgan holda ko‘proq 
ko‘rgazmali vositalardan, ta’limiy didaktik o‘yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Ta’limiy 
didaktik o‘yinlar, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida asosiy o‘rinni egallayd.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilar bilimini 
oshirishda boshlangʻich ta’lim mazmun-mohiyati bilan katta imkoniyatlarga ega. Ona tili 
darslarida soʻz turkumlarini oʻrgatishda tilning asl mohiyati, mazmuni kabi tushunchalar singdirib 
boriladi, boshlangʻich sinf ona tili darslarida soʻz turkumlarini oʻrgatishda zamonaviy pedagogik 
texnologiya usullari yordamida darsni tashkil etish yaxshi samara beradi. Bu borada ta’lim-
tizimiga texnologik yondashuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, boshlangʻich ta’limning eng 
ilgʻor tajribalaridan oʻrinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qosimova K. Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi. –T.: 1995
2. Qosimova K. Ona tili oʻqitish metodikasi. –T.: 2009
3. Ikromova R. va boshq. Ona tili 4-sinf uchun darslik. – T.: 2009


21

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling