Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Январь 2021 10-қисм
Тошкент “ULUSH” VA “KASR” MAVZUSINI O‘QUVCHILARGA TUSHUNTIRISH USULLARI Hojiyeva Mehrigul Najmiyevna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi Tel:++998933105037 Email:mehrihojiyevam@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarini o‘tishda ulush va kars haqida o‘quvchilarga tushuntirishning usullari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida “ULUSH” va “KASR” haqidagi ilk bilimlarni berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga turli narsalarning ulushi haqida tasavvur uyg‘otadi. Ulushlarni kasrlar ko‘rinishida belgilash yordamida , narsalarni taqsimlash orqali tejamkorlikka o‘rgatadi. Hozirgi zamon sharoitida bu masalani dolzarb deb hisoblash mumkin. Ulush mavzusi bolalarga maktabgacha davrdayoq berib boriladi. Ya’ni nonushta yoki tushlik vaqtida konfetlarni , olma, qovun va tarvuzlarni qismlarga bo‘lish orqali butunning yarmi, choragiva uchdan biri kabi ilk tushunchalar beriladi. Ulush va kasr mavzusini o‘quvchilarga tushuntirishning eng samarali yo‘li bu-ko‘rgazmalilik va ko‘rsatmalilikdir. Masalan: o‘qituvchi , o‘quvchilarga olmani ko‘rsatadi. Qarang ,men uni nima qilyapman?(U olmani teng ikki bo‘lakka ajratadi) Har bir bo‘lakni nima deb atash mumkin? (olmaning yarmi) Bunichi?( butun olmani ko‘rsatadi). Bir butun olma nechta yarimta olmaga teng?(Ikkita) Boshqa predmetlar yordamida, ushbu mulohazalarni davom ettirish orqali , o‘quvchilarda ulush haqidagi dastlabki bilimlar beriladi. O‘quvchilarni tushunishining eng asosiy tarkibi , ulardagi o‘z tasavvuridagi ko‘rgazmalar asosida bilim berilishidir. Ulush va kasr mavzusida geometrik shakllar va ular ustida topshiriqlar bajarish , o‘quvchilarda aniq tasavvurni va mavzuni tushunishlarida amaliy yordam beradi. Masalan : doira, kvadrat, kesmani qog‘ozli shakllaridan foydalanib, bir necha qismlarga bo‘linadi. Yoki bo‘laklarni biror qismini qirqib olish orqali , kasr haqida ham tushunchalar beriladi. Ulush haqidagi dastlabki bilimlar berilgandan so‘ng , endi ulushlarni taqqoslashda ham amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda geometric shakllarn buklash va qirqish usuli bilan cheklanib qolmay, shakllarni chizish va undagi qismlarni bo‘yash o‘quvchilarni yanada mustaqil ishlashga undaydi. 2-sinfda bolalarni sonning ulushini topish va ulushga ko‘ra sonning o‘zini topishga doir masalalar yechishni amaliy ishlash orqali olib boorish kerak. Masalan bolalarga 12 smli tasmani ikkiga bo‘lish orqali, tasmalar necha smli tasmalarga bo‘linganligini aniqlash aytiladi. 12:2=6. Keyin tasmani teng 4 qismga bo‘lish va uning bir qismini topish 12:4=3 ekanligi aniqlangach kasr haqidagi dastlabki bilim beriladi. Bunda berilgan shaklning necha qismga bo‘linganligi kasr chizig‘ining pastiga, ajratib olingan bo‘lak esa kasr chizig‘ining yuqori qismiga yozilishi tushuntiriladi. Demak, “ULUSH” va “KASR” mavzusini o‘quvchilarga tushuntirishda ko‘rgazmalilik va ko‘rsatmalilikning afzalliklari juda kata Foydalangan internet saytlar: 1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi 2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish, referat va yozma ishlar qidirish tizimi 3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling