Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI O‘QITISHDA YANGI INTERFAOL
METODLAR
Jumayeva Muxayyo Ne’matovna
Buxoro viloyati Olot tumani
13 – maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+998 94 517 82 74
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda interfaol metodlarni
ahamiyati, ona tili, matematika darslarida qo‘llash texnologiyalari, xulosalash paradoks, bahs –
munozara, rebusni top metodlari haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: paradoks metodi, bahs – munozara, rebusni top.
Hozirgi kunda yurtimizda pedagoglarga bo‘lgan e’tibor juda katta. Jumladan, prezidentimiz
Sh. M. Mirziyoyev 2021 yilgi oliy majlisga murojaatnomasida ham pedagoglarga turli – tuman
yangidan yangi imkoniyatlar eshiklari ochilgani haqida gapirib o‘tdilar. Shunday ekan biz
pedagoglar oldimizda bizga bo‘lgan e’tiborga javoban biz ham joni dilimizdan zamon bilan
xamnafas ishlamog‘imiz lozim.
Biz zamonaviy pedagoglar zamonaviy dars tashkil etishda interfaol metodlar bilan xamnafas
ishlamog‘imiz lozim. Avvalo, interfaol metodlar nima? – degan savolga javob topmog‘imiz lozim.
PARADOKSLAR METODI
Pedagog ma‘ruzani olib borish jarayonida o‘quvchilarning qarama-qarshilikka (tushunchalardagi,
bilimlardagi) duch kelishlarini ta‘minlaydi. Bunday vaziyat asosan o‘quvchining tushunchalaridagi
adashishlar va xatoliklar bilan bog‘liq.
Demak, bu muammoli vaziyat o‘quvchilarning oldingi fikr, tushunchalari va xulosalariga
qarama-qarshi, paradoksal bo‘lgan vaziyatdir.O‘quvchilar muammoli vaziyatni yuzaga keltirgan
amallardagi xatolikni izlaydilar (lekin amallarda xatolik yo‘q).
Ijodiy fikrlay oladigan o‘quvchi amallarning bajarilishi jarayoni emas, balki mazkur amalning
o‘zi xato ekanligini aniqlay oladi (bunday o‘quvchi topilmasa, o‘qituvchining o‘zi buni oshkor
qilishiga to‘g‘ri keladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |