Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
yangilikka muhtoj bo‘lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun darslarni innovatsion texnologiyalar 
asosida tshkil etish o‘qituvchining bu faoliyatini amalga oshirish uchun tayyorgarlik darajasi. 
Innovatsion muammolarni hal etish muhim zamonaviy ilmiy fkrlash yo‘nalishlariga qo‘shish. 
Innovatsion jarayonlarni o‘rganish. Innovatsion pedagogik muammolarni yechish ta’lim sohasida 
innovatsion jarayonlarning borish xussusiyatlari o‘rganishdan iborat.
Innovatsiyani tanlashda pedagogik tizimda yaxlit pedagogik o‘quv yurti, pedagogik nazariya, 
o‘qituvchi, o‘quvchilar pedagogik texnologiyasi, ma’lum shakl, metod, vositalar, boshqaruv 
maqsad va natijalar muhim hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil 
etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyatini bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Chunki bu 
davrda o‘quvchining ta’lim tushunchalarini qabul qilish salohiyati yuqori saviyada bo‘lib, ularni 
muntazam ravishda nazorat qilib borish lozim bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Boshlang‘ich ta’lim jurnali. 2006-2007 yillar (4-8-son).
2. Maktab va hayot jurnali. 2006-2007 yillar (3-7-son).
3. Ma’rifat gazetasi. 2007 yil.


52
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
ROMANGA TAHLILIGA ZAMONAVIY YONDASHUV
Ro‘zmetova Feruza Kamilovna
Xorazm viloyati Yangiariq tumani 
31-sonli ayrim fanlar chuqur
o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabining 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada fanlararo integratsiyani tashkil qilish. Bu jarayonda zamonaviy 
ta’lim texnologiyalardan samarali foydalanish haqida yozilgan.
Kalit so‘zlar: integratsiya, illustration, vizual, grafik, texnologiya, metod
Badiiy asarlar tahlilida fanlararo integratsiyani ta’lim jarayonidagi predmetlarning o‘zaro 
bog‘liqligi asosida ba’zi bir ilmiy-nazriy masalalarni yechish usuli sifatida talqin qilar ekanmiz, 
bunda tizimlashtirishning predmetli asosni va mantiqini sezamiz. Ayniqsa bugungi axborot 
texnologiyalari taraqqiy etgan davrda o‘quvchilarning adabiyot faniga, badiiy adabiyotga 
qiziqishini oshirish va ularda kitobxonlikni tarbiyalash o‘qituvchidan yuksak mahorat bilan 
birga har tomonlama chuqur bilimni talab qilish bilan birga adabiyotning boshqa fanlar bilan 
bog‘liq tarzda o‘rgatishni talab qilmoqda. Adabiy ta’limni bunday tarzda tashkil yoshlarning 
adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Bugun jahon miqyosida rivojlanib 
borayotgan texnologiyalar inqilobi ta’lim sohasida, xususan o‘qitish bilan bog‘liq jarayonlarda 
jiddiy o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Pedagogik texnologiyalarning ta’lim sifati rivojidagi o‘rni va 
ahamiyati masalalariga qaratilgan, xalqaro miqyosda olib borilayotgan tadqiqotlar o‘rganilganda 
ulardagi asosiy e’tibor texnologiyalar integratsiyasi, o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik 
texnologiyalarga munosabati, o‘qitishda ijodiy yondashuv muammolari, ped texnologiyalarning 
turli xil nazariy asoslarini yoritib beruvchi masalalarga qaratilganligi ma’lum bo‘ldi. Dunyo 
miqyosida olib borilgan statistik ma’lumotlarda til va adabiyot ta’limida ped texnologiyalarning 
qo‘llanilishi an’anaviy ta’limga nisbatan ko‘proq samara berishi ta’kidlangan [1]. Olimlar, 
ped texnologiyalar, xususan, integrallashgan texnologiyalarning ta’lim sifatini oshirishidagi 
ahamiyati haqida to‘xtalib, adabiyot darslarini samarali olib borishda viziual yondashuv (visual 
approach- muaayyan voqelikni muayyan badiiy matnni kartalar, suratlar, illyustratsiyalar, tri 
di modellari, videolar, videokonferensiyalar, televideniya, suratli rasmlar, grafiklar va charlar 
orqali o‘rgatish) dan foydalanishni tavsiya qiladi. Bunday yondashuvda o‘quvchilar biror bir 
mavzuni tashqi omillar orqali o‘rganishga hayrixoh bo‘ladilar. Gardner nazariyasiga asoslangan 
pedagogik texnologiyalarning integratsiyasi asosida rivojlangan vizual yondashuv uslubi 
vositasida o‘qituvchi bir paytning o‘zida ko‘rish, eshitish va tafakkur qilish orqali muayyan 
badiiy asar mohiyati, muallifning poetik tasvirlash mahoratini chuqur idrok eta olish imkoniga ega 
bo‘ladilar. Gardnerning “Vizual zakovat” ga asoslangan konsepsiyasi, ayniqsa, klassik adabiyot 
namunalari, eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan klassik adabiyotimiz, shu jumladan, Alisher 
Navoiy asarlarini o‘rganish, mutafakkirning san’at olamiga yaqinlashish, asarlari jozibasi, ramziy 
obrazlar mohiyatini chuqurroq tushunishda, qulaylik yaratishi tajriba sinovidan muvaffaqiyatli 
o‘tib, davlatimiz rahbari e’tirofiga sazovor bo‘lgan edi [2].
Ammo shu o‘rinda aytish joizki, adabiyot fanlarini integrallashgan texnologiyalar vositasida 
olib borish, xususan texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llay olishga qaratilgan tajriba, savodxonlik 
darajasi o‘qituvchilar orasida yanada kuchaytirish lozim. Ko‘pchiligimiz an’anaviy pedagogik 
texnologiyalar (kompyuter, internet va dunyo vebsaytlari) ning eng oddiy funksiyalaridan 
foydalanish bilan cheklanamiz. Ammo bugungi rivojlangan davrda modellashtirish, ya’ni tahlil 
va tajriba uchun texnik sistemalar analogiyasini yaratish; bilim boshqaruviga - yangi bilim va 
malakalarga ega bo‘lish uchun bilimlar integratsiyasini tashkil qilish shu asosda kichik tadqiqotlar 
yaratish kerak.
Foydalanigan adabiyotlar: 
1. Аhmedova H. O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. T: 2012
2. Elaine Showalter. Teaching literature. New-York, Blackwell, 2003


53

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling