Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
Январь 2021 10-қисм
Тошкент baholaydiki ‘’Uning ishi odam tugul , hatto devning ham qo‘lidan kelmaydi .Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilar edi , ustoz esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi . lekin shunisi ham borki . bolalar orasida tabiatan og‘irroq bolalar ham bo‘ladi . Ustoz bu kabi hollarda yuzlab mashaqat chekadi . Shu boisdan, Alisher Navoiy o‘z asarlarida ustozlarni ulug‘lab, shogird doim uning oldida boshi egik holda turishi, ustozni rozi qilmoqlikni uqtiradi. Shogirdning ustozdan o‘zishi, ulg‘ayib ulug‘lik martabasiga erishishi ustozning qadrini zarracha kamaytirmasligini, u har qanday vaziyatda ham ota singari ulug‘ va mo‘tabar bo‘lishini ta’kidlab: “Agar shogird shayxulislom, agar qozidir, agar ustod ondin rozidir-tangri rozidir”, deydi. Shuningdek, Alisher Navoiy ustozlarni ham o‘z ishida ma’suliyatli bo‘lishini, shogirdni yuksak ahloqiy sifatlar ila tarbiya etib, unga bilim berishda qunt va sabr ila yondashmoq lozimligini uqtiradi. Asrlar davomida shakllangan ustoz-shogird tizimi an’analari bugungi kunimizda ham ta’lim sohasining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Ta’lim muassalarida tajribali ustozlar shogirdlarning ma’suliyatini, mahoratini shakllantirishga, faoliyatni samarali tashkil etishga ko‘maklashmog‘i lozim. Yosh o‘qituvchilarga darslarni tashkil etish, ish hujjatlarni yuritish tartibi, sinfni, o‘quvchilarni boshqarish o‘quvchi diqqatini jalb qilish metodlari haqida tushunchalar berib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi Bu esa albatta ta’lim sifatini oshishini va taraqqiyotini kafolatlaydi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. 1997 yil 29 avgust 2. O‘zbek pedagogikasi tarixi. T.: “O‘qituvchi” 1997 yil 2. Sh.B Xoliqov “Ustoz-shogird an’anasi milliy qadriyat” Internet maqola. 30.07. 2016 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling