Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo 
yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati 
darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar 
o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan 
foydalanish uslubiyoti (Uslubiy qo‘llanma)– Qarshi: 2011.


12
Январь 2021 10-қисм
Тошкент
SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARI
Xo‘jaqulova Inoyt Hakimovna, Shaymanova Dilfuza Ro‘ziboyevna
Navoiy shahar 6-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
Annotatsiya: Mazkur maqolada sharq mutafakkirlari asarlaridagi ustoz-shogird munosabatlari, 
ustozlik xislatlari, ustoz ba shogird o‘rtasidagi burch va majburiyat, ustoz va shogird ma’suliyati 
haqidagi qarashlari ifodalangan.
Kalit so‘zlar. Ustoz va shogird, Xusayin Voiz Koshifiy, Abu Nasr Farobiy, Sa’diy Sheroziy, 
Alisher Navoiy
Xalqimiz azal azaldan farzandlarini ilmli va hunarli qilishga, ularni go‘zal odob-ahloq egasi 
qilib tarbiyalashga e’tibor bеrganlar. Shu boisdan ular bolalar tarbiyasini jamiyatda hurmat va 
e’tiborga ega bo‘lgan ilmli kishilarga, o‘z kasbining mohir ustalariga topshirganlar. Bolalar maxsus 
murabbiylar tomonidan harbiy, jismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilgan. Ustozlar shogirdlariga 
bilim va hunar sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, ularni qat’’yatli, to‘g‘risoz, sadoqatli, mard va 
jasur kabi komillik xislatlarini ham singdirishga intilganlar. Shu bois jamiyatda yaxshi ustozlarning 
hurmat-e’tibori, mavqyei baland bo‘lib, ustozlik ulug‘ kasb hisoblangan. Xalqimizdan orasidan 
yetishib chiqqan buyuk olimu sarkardalar, shoir-u fuzololarning barchasi ana shunday ustozlar 
tomonidan tarbiyalangan va ular doim o‘z ustozlarini hurmat bilan e’zozlaganlar. 
Yurtimizda ustoz-shogird tizimining rivojlanib borishi ustoz-shogird munosabatlari, ustoz va 
shogirdning bir-biriga nisbatan burch va majburiyatlari, odob-ahloqi haqida turli qarashlarni keltirib 
chiqargan. Buni biz buyuk ajdodlarimiz o‘z ilmiy meroslarida tarbiyachi, ustozlik mahorati, ustoz - 
shogirdlik munosabatlariga ham alohida o‘rin berganligida ko‘rishimiz mumkin. Quyida shulardan 
misollar kеltiramiz: Masalan, Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505) “Futuvatnomai Sultoniy yoxud 
javomardlik tariqati” asarida ustoz - shogird munosabatlariga kеng to‘xtalib, ustoz qanday bo‘lishi, 
shogirdlik odobi nimalardan iborat ekani haqida batafsil ma’lumot beriladi. Koshifiy ustozlik 
shartlarini quyidagicha izohlaydi. “Bilgilkim h
е
ch bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki 
ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo‘lmagan”. 
“Kimki ustozsiz ish boshlagan bo‘lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib 
shod bo‘l, birmuddat ustozga xizmat qilginda, so‘ngra o‘zing ustoz bo‘l ... Agar komil inson kim 
dеb so‘rasalar, u pok mazxabli, o‘z aybini ko‘radigan dono va tamizli kishidir dеb aytgil. Unda
hasad, gina va baxillikdan asar bo‘lmaydi. 
Shogirdlik odobi haqida ham o‘z fikrlarini quyidagicha bayon etadi: “Agar shogirdlikning 
binosi nimaning ustiga quriladi dеb so‘rasalar, irodat ustiga dеb javob bеrgin. Agar irodat nima dеb 
so‘rasalar, samo va toatdir dеb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir dеb so‘rasalar nimani
ustoz aytsa, uni jon qo‘log‘i bilan eshitish, chin ko‘ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali 
amalga ado etishdir dеb ayt”. 
U shogirlikning 8 ta odobini ko‘rsatadi: 1. Birinchi bo‘lib salom bеrish. 2. Ustozning oldida oz 
gapirish. 3. Boshni oldinga egib turish. 4. Ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik. 5. Gap so‘ramoqchi 
bo‘lsa oldin ustozdan ijozat olish. 6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik. 7. Ustoz oldida boshqalarni 
g‘iybat qilmaslik. 8. O‘tirib turishda hurmat saqlash. 
Mashhur faylasuf va mutafakkir, qomusiy ilmlar bilimdoni Abu Nosr Forobiy (873-930) ustoz 
- o‘qituvchiga shunday talab qo‘yadi: “Ustoz - shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari 
ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat 
uyg‘otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq bo‘lsa, shogird uni mеnsimay qo‘yadi va u bеradigan 
bilimdan sovib ham qoladi. U o‘qituvchiga bolalarning f
е
’l atvoriga qarab turbiya jarayonida 
“qattiq” yoki “yumshoq” usullardan foydalanishni maslahat bеradi: 
Tarbiyalanuvchilar o‘qish o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta’lim tarbiya jarayonida yumshoq usul 
qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul (majburlov) qo‘llaniladi
Sa’diy Shеroziy (Shayx Sa’diy) (1184-1204) ta’lim - tarbiyada muallimlarning talabchanligi 
bilim va tarbiya bеrishda qatiqqo‘l bo‘lishning tarafdori bo‘ladi. Bu borada u shunday degan edi: 
“Gar muallim bo‘lsa beozor, o‘quvchilar darsda qilurlar bozor”
Mutafakkir Alisher Navoiy ‘’Mahbub ul - qulub asarida Nodon , johil ustozni tanqid etadi va 
o‘qituvchi ma’limotli o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur deydi . Shu bilan birga 
o‘qituvchining mehnatini og‘irligini xolisona baholaydi . Alisher Navoiy ustoz ilmini shunday 


13

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling