Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
“ULUSH” VA “KASR” MAVZUSINI O‘QUVCHILARGA TUSHUNTIRISH USULLARI
Hojiyeva Mehrigul Najmiyevna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan 
ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi 
Tel:++998933105037 Email:mehrihojiyevam@inbox.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarini o‘tishda ulush va kars haqida o‘quvchilarga 
tushuntirishning usullari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida “ULUSH” va “KASR” haqidagi ilk bilimlarni berish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bolalarga turli narsalarning ulushi haqida tasavvur uyg‘otadi. Ulushlarni 
kasrlar ko‘rinishida belgilash yordamida , narsalarni taqsimlash orqali tejamkorlikka o‘rgatadi. 
Hozirgi zamon sharoitida bu masalani dolzarb deb hisoblash mumkin.
Ulush mavzusi bolalarga maktabgacha davrdayoq berib boriladi. Ya’ni nonushta yoki tushlik 
vaqtida konfetlarni , olma, qovun va tarvuzlarni qismlarga bo‘lish orqali butunning yarmi
choragiva uchdan biri kabi ilk tushunchalar beriladi.
Ulush va kasr mavzusini o‘quvchilarga tushuntirishning eng samarali yo‘li bu-ko‘rgazmalilik 
va ko‘rsatmalilikdir. 
Masalan: o‘qituvchi , o‘quvchilarga olmani ko‘rsatadi. Qarang ,men uni nima qilyapman?(U 
olmani teng ikki bo‘lakka ajratadi) Har bir bo‘lakni nima deb atash mumkin? (olmaning yarmi) 
Bunichi?( butun olmani ko‘rsatadi). Bir butun olma nechta yarimta olmaga teng?(Ikkita) 
Boshqa predmetlar yordamida, ushbu mulohazalarni davom ettirish orqali , o‘quvchilarda ulush 
haqidagi dastlabki bilimlar beriladi. O‘quvchilarni tushunishining eng asosiy tarkibi , ulardagi o‘z 
tasavvuridagi ko‘rgazmalar asosida bilim berilishidir.
Ulush va kasr mavzusida geometrik shakllar va ular ustida topshiriqlar bajarish , o‘quvchilarda 
aniq tasavvurni va mavzuni tushunishlarida amaliy yordam beradi. Masalan : doira, kvadrat, 
kesmani qog‘ozli shakllaridan foydalanib, bir necha qismlarga bo‘linadi. Yoki bo‘laklarni biror 
qismini qirqib olish orqali , kasr haqida ham tushunchalar beriladi.
Ulush haqidagi dastlabki bilimlar berilgandan so‘ng , endi ulushlarni taqqoslashda ham amaliy 
mashg‘ulotlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda geometric shakllarn buklash va 
qirqish usuli bilan cheklanib qolmay, shakllarni chizish va undagi qismlarni bo‘yash o‘quvchilarni 
yanada mustaqil ishlashga undaydi. 
2-sinfda bolalarni sonning ulushini topish va ulushga ko‘ra sonning o‘zini topishga doir 
masalalar yechishni amaliy ishlash orqali olib boorish kerak. Masalan bolalarga 12 smli tasmani 
ikkiga bo‘lish orqali, tasmalar necha smli tasmalarga bo‘linganligini aniqlash aytiladi. 12:2=6. 
Keyin tasmani teng 4 qismga bo‘lish va uning bir qismini topish 12:4=3 ekanligi aniqlangach 
kasr haqidagi dastlabki bilim beriladi. Bunda berilgan shaklning necha qismga bo‘linganligi 
kasr chizig‘ining pastiga, ajratib olingan bo‘lak esa kasr chizig‘ining yuqori qismiga yozilishi 
tushuntiriladi.
Demak, “ULUSH” va “KASR” mavzusini o‘quvchilarga tushuntirishda ko‘rgazmalilik va 
ko‘rsatmalilikning afzalliklari juda kata
Foydalangan internet saytlar:
1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi 
2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish, referat va yozma ishlar qidirish tizimi 
3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi 


38

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling