Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kim topag‘on “ o‘yini.
- Январь 2021 10-қисм Тошкент
“Gap tuzamiz” o‘yini. O‘qituvchi yozuv taxtasiga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar
mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida gap tuzadilar. O‘quvchilar gap tuzar ekanlar, ularning lug‘at boyligi oshishi bilan birga , gaplarni to‘g‘ri tuzish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari ham shakllanadi. Ushbu o‘yin davomida barcha o‘yinlardagi kabi vaqti- vaqti bilan o‘quvchini rag‘bat so‘zlari bilan rag‘batlantirib turish lozim. “Gap tuzamiz” o‘yinida o‘quvchilarga quyidagi kabi bir nechta variantlarni taklif etiladi . O‘quvchilar ulardan birini tanlaydilar. 1-variant: bola, kitob, uy. 2-variant: bog‘, Nodirbek, olma. 3-variant: ertak , bola, bobo. Masalan, 1-variantdagi so‘zlar yordamida o‘quvchilar bir nechta gap tuzishlari mumkin. O‘yin shartiga ko‘ra tanlangan variantda berilgan so‘zlardan unumli foydalanish kerak. Ammo boshqa so‘zlarni qo‘shish ham mumkin. Eng muhimi, variantda ketirilgan so‘zlardan birontasi ham tushib qolmasin. Bola uyda kitob o‘qidi. Bolaning uyda kitobi bor. Bola uyda kitobini unutib qoldirdi. Bola uydan kitobini olib keldi. Bola uyga kitobini tashlab keldi va hokozo O‘quvchilar bir- birlaridan qolmaslik uchun astoydil harakat qiladilar va gap tuzadilar. Sherigining gapini takrorlagan , yoki gap tuzishdan to‘xtab qolgan o‘quvchi o‘yin shartiga ko‘ra o‘yindan chetlashtiriladi. O‘yin shartini buzmaslik uchun esa o‘quvchilar bor e’tiborini o‘yinga qaratadilar. “Kim topag‘on “ o‘yini. Bu o‘yinni bir mavzu doirasida yoki mavzularni mustahkamlashda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Aytaylik, o‘qituvchi savol ichida sifat so‘z turkumiga xos bo‘lgan 47 Январь 2021 10-қисм Тошкент so‘zlardan foydalanishi kerak, o‘quvchilarning javobi esa faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bu o‘yinning shartiga ko‘ra biron narsaning rangi, sifati, vazifasini topishmoq tarzida aytadi. Javoblar o‘quvchilarning dunyoqarashiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin . Masalan: 1-savol . Nima oq va yumshoq ? Javob: qor, paxta, bulut… 2-savol. Dunyoda tengsiz inson ? Javob: ota, ona, ota-ona, ustoz , do‘st… Bunday o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilar uchun juda foydali . Birinchidan bu kabi o‘yinlar asosida o‘tilgan darsda o‘quvchilar boshqa darslarga qaraganda faolroq bo‘lishadi, o‘zlarini erkin his qilishadi, diqqatlarini bir joyga jamlashadi, eng muhimi, bunday darslar o‘quvchining xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bundan tashqari bunday o‘yinlar orqali ayrim o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlari ham yuzaga chiqishi mumkin. Dars jarayoniga olib kirilgan bunday o‘yinlar ta’sirida o‘quvchilarning shaxsi shakllanadi, muomala madaniyati dunyoqarashi va xotirasi yanada rivojlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G‘affarova T. Boshang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Toshkent-2011. 2. Ziyonet.uz ta’lim portali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling