Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Январь 2021 10-қисм
Тошкент YOZMA MANBALARDA BERILGAN ZOOLOGIK TERMINLAR TADQIQI. Mahliyo Gulmatova Rasuljon qizi FarDU Lingvistika:o‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs magistranti Annotatsiya. Maqolada o‘zbek leksikografiyasiga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, tarixda yaratilgan lug‘atlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, mualliflari haqida ma’lumo berilgan. Jumladan, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” va keyingi asrlarda yaratilgan lug‘atlarda berilgan hayvon nomlarining tahliliga to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: leksikografiya, lug‘at, leksikografik xususiyat, turkiy tillar, etimologiya, hayvon nomlari, eskirgan so‘zlar. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari XI asrda yaratilgan bo‘lib, turkiy tilning yanada takomillashishiga, tilshunoslik sohalarining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Uning asari o‘z davrida katta voqea bo‘lgani kabi turkologiyada ham muhim hodisa bo‘ldi. Har bir so‘zga ta’rif berib, turli maqol-u she’rlar bilan izohlashi asarni yanada boyitdi va o‘sha davr tili bilan yaqindan tanishishga imkon yaratdi. Natijada Mahmud Koshg‘ariy turkiy leksikologiya va leksikografiyaga asos soldi. Asarda omonim va sinonimlar, antonim va metatezalar so‘zlarda to‘liq va qisqa variantlilik, dialektal leksika va boshqa ko‘pgina leksik xususiyatlar birinchi marotaba leksikaning mustaqil bo‘limlari sifatida izohlab berildi. Uning asarida bu bo‘limlar maxsus leksika tarzida izohlanmagan. Mazkur asarda muallif turkiy qabila va urug‘lar tillaridagi so‘zlar ma’nosini arab tilida izohlab beradi. Shuni aytish kerakki, lug‘atda keltirilgan parchalar, til faktlari faqat XI asr adabiyotining namunalari bo‘lmay juda uzoq o‘tmish davrlarning mahsulidir. Shu jihatdan lug‘at turkiy tillarning kelib chiqish tarixini, rivojlanishini belgilashga xizmat qiluvchi eng muhim hujjatdir. Asardagi bir qancha etnografik, geografik, astronomik va boshqa ma’lumotlar ham tegishli sohalar nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega. 1 Xususan, asarda ko‘plab hayvon nomlari ham keltirilgan. Lekin bu nomlar bir mavzuiy guruhga birlashtirilmagan. Keyingi asrlarda yaratilgan lug‘atlarda, masalan, Muhammad Yaqub Chingiyning “Kelurnoma” asarining bir bobi ismlarga bag‘ishlangan. Ushbu asar XVII asr oxirlarida ya’ni boburiy hukmdor Avrangzeb Olamgir davrida yozilgan. Lug‘at 15 bobdan iborat bo‘lib, 1-14-boblarida 400ga yaqin turkiy fe’llar arqb alifbosi tartibida har biri o‘n beshtagacha shaklda berilgan. Masalan, uzatmoq fe’li uzatmoq,uzalmoq, uzaldi,uzayiptur, uzatmaq, uzatti, uzatiptur,uzatadur, uzatmas, uzatmabdi,uzatmaydir, uzat, uzatma, uzatar-biz, uzatmas-biz kabi zamon va mayl shakllarda, forscha tarjimasi bilan berilgan. 2 Shu jihatdan asar zamonaviy uyali lug‘at namunasi hisoblanadi. Lug‘atning so‘nggi 15-bobi 9 qismga bo‘lingan bo‘lib, ismlar mavzu guruhlariga ajratib berilgan. Ular quyidagilar: 1. Osmon va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar; 2. Yer va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar; 3. Ot va egarlanadigan hayvonlar; 4.Burgutlar va yovvoyi qushlar; 5.Odam jismi a’zolari; 6.Qarindoshlik nomlari; 7. Qurol-yaroq nomlari; 8. Sanoq nomlar; 9. Olmosh,ravish,bog‘lovchi va ko‘makchilar. Bu bob 1300 so‘z va 6000 dan ortiq so‘z shakllarini o‘z ichiga oladi. “Devonu lug‘otit turk” asari Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, uch tomlik kitob holida 1960-1963-yillarda Toshkentda nashr qilindi. Ushbu asarda qo‘llanilgan hayvon, parranda, qush, hasharotlar nomlari I tomda 91 ta bo‘lsa, III tomda 71 ta berilgan. II tom esa fe’llardan tarkib topgan. Ӧkuz- ho‘kiz. Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq maqoli misol sifatida keltirilgan. 3 Bu so‘zning ӧguz shakli ham mavjud bo‘lgan. Keyinchalik so‘z boshlanishiga h harfi qo‘shilgan ӧ, u unlilarimimg yumshoqlik belgisi yo‘qolgan, ikkinchi bo‘g‘indagi u unlisi i unlisiga almashgan. So‘z aslida erkak qoramol ma’nosini anglatadi. 1 Madvaliyev A. O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi.- Toshkent ,2017 2 Мухаммед Якуб Чинги Келур-наме. Т.,1982 3 М. Кошғарий. Девони луғотит турк. I том. Тошкент, 1960. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling