Toshkent-2022 mundarija кirish
Tajriba sifatida ekiladigan o’simlikni tanlab olish
Download 1.55 Mb.
|
MAGISTRATURA-sayyod 2022 (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Tuproqni neft maxsuloti bilan ifloslangan qismiga “BKM B-81, BKM B-892, BKM B-1301, AC-950, BKM AC-1415” tarkibli mikroorganizmlardan iborat preparatini qo’shish va uni ko’zatish.
- Neft bilan ifloslangan tuproqlarda ureaza fermenti faolligining о‘zgarishi.
- Neft bilan ifloslangan tuproqlarda invertaza fermenti faolligining о‘zgarishi.
2.3. Tajriba sifatida ekiladigan o’simlikni tanlab olish.
Tajriba sifatida neft bilan ifloslangan tuproqga o’simlik o’stirish uchun sarimsoq piyozni tanlab oldik. Quyida ushbu o’simlik va uni tanlash sabablari haqida ma’lumotlar berilgan. Hammamizga ma’lumki o’simliklar yopiq va ochiq urug’li bo’ladi. Bunda yopiq urug’li o’simliklar tarkibida yog’ miqdori ko’proq bo’ladi, bunga misol qilib g’uzani olishishimiz mumkin. Agar neft bilan ifloslangan yerga g’uza urug’ini ekadigan bo’lsak, bunda uni tarkibidagi yog’ uni unib chiqish uchun yordamchi bo’lib xizmat qiladi. Biz qo’shadigan biopreparatimizning to’liq samaradorligini aniqlashda muammolar yuzaga keladi. Sarimsoq piyoz esa ochiq urug’li bo’lib uning tarkibida yor’ deyarli yuq va sharoit talab qiladigan o’simlik hisoblanadi. Bu esa bizga qo’l keladi, tajribalarimiz qanchalik samara berganligini ko’rishimiz mumkin. Sarimsoq piyoz boshqa sabzavotlarga nisbatan tez oʻsadi. —7, —8° sovuqqa chidamli, 10— 12° issikda yaxshi oʻsib rivojlanadi, 20—25° da pishib, yetiladi. S. ikki marta — bahorda va, asosan, kuzda ekiladi. Kuzda ekilganidan kelgusi yili bahorda hosil olinadi. Madaniy Sarimsoq urugʻ bermaydi, balki piyozidan tashqari gulpoyasi toʻpgulida 10 dan 45 tagacha poya sarimsoqchalari hosil qiladi. S. vegetativ yoʻl bilan, kuzda va bahorda piyozini boʻlaklarga ajratib ekib koʻpaytiriladi. 100 m² yerga shunday piyozchalardan 10–15 kg sarf qilinadi. Sugʻoriladigan unumdor yerlarga qator oralarini 45 sm, oʻsimlik oraligʻini 4—8 sm qilib, 4—6 sm chuqurlikka koʻmiladi. Ekib boʻlingach, tuproq, somonli goʻng, chirindi bilan mulchalanadi. Oʻsuv davrida 5—6 marta sugʻoriladi, oziklantiriladi, parvarishi piyozga oʻxshash. Bahorda oʻsib chiqqan gulpoya (karnay) lari yulib tashlanadi. Oʻzbekistonda ertapishar (Mayskiy) navi may oyining oxirlarida, kechpishar (Binafsharang, Janubiy binafsharang, Andijon) navlari iyul boshlarida yetiladi. Hosildorligi 50—150 s/ga. Sarimsoq piyoz qishda va bahorda ekiladi. Biz bu tajribani qish paytidagi ekilish muddatida amalga oshirdik. Qishki ekinlarni ekish ham oddiy, ham murakkab jarayondir. To'shaklarni tayyorlang, urug'lik materialini oling, o'g'itlar soling, eking, yoping - hammasi odatdagidek. Qiyinchiliklar vaqtni belgilash bosqichida boshlanadi. Qishki piyoz va sarimsoq ekish kuzda sodir bo'ladi va juda haroratga bog'liq. Tajriba sifatida ekiladign sarimsoq piyoz bo’yicha kelib chiqadigan xulosalar: Sarimsoq piyoz ochiq urug’li o’simliklar tarkibiga kiradi. Ularning tarkibida moy miqdori juda kamligi; O’nib chiqishi uchun juda qulay sharoitni talab qilishi; O'rtacha iqlim sharoitida har o'n kun ichida sug'orish zarur. Agar havo quruq va issiq bo'lsa, 14 kun ichida 3 marta sug’orish kerak, har bir o’simlik 12 litr suv iste'mol qilinishi kerak. Yomg'ir yog'ishi bilan o'simliklarni suv bilan to'ldirish kerak emas, aks holda siz mevalarni chirishga sababchi bo’lasiz. Sarimsoq piyoz boshqa o’simliklarga nisbatan normal iqlim darajasida rivojlanadi. Rivojlanishi kuchsizroq. 2.4. Tuproqni neft maxsuloti bilan ifloslangan qismiga “BKM B-81, BKM B-892, BKM B-1301, AC-950, BKM AC-1415” tarkibli mikroorganizmlardan iborat preparatini qo’shish va uni ko’zatish. Biz tajriba sifatida foydalanayotgan biopreparat hali to’liq tajriba ilib ko’rilmagan bo’lib, bu biopreparat O’zbekiston sharoitida ilk marta sinovdan o’tkazilmoqda. Neft bilan ifloslangan erlarning meliorativ holatini yaxshilashda ushbu preparat samarali hisoblanadi. Preparatni xossalari jihatidan o’rganilganda kelib chiqadigan xulosalar: Preparat BKM B-81, BKM B-892, BKM B-1301, AC-950, BKM AC-1415 tarkibli mikroorganizmlardan iborat. Biologik mahsulot mikroorganizmlari sanoatda alohida yetishtiriladi Preparat -10 gradusdan +40 gradusgacha faollik ko’rsatadi. Lekin tashqi muhit ta’sirida o’zgarishi mumkin. Preparat suyuq suspenziya, sorbentli quruq holatda va kukun holida bo’lishi mumkin. Mikroorganizmlar uglevodorodlarning parchalanishiga moslashtirib yetishtirishning yakuniy bosqichiga 0,5 l neft yoki neft maxsulotlari qo'shiladi va 30 daqiqa davomida 120 ° C haroratda sterilizatsiya qilinadi Tuproq tirik tabiiy murakkab tana bо‘lib, bunda tinimsiz ravishda biologik va kimyoviy jarayonlar kechadi. Tuproqda kechadigan jarayonlar hududning iqlimiy, gidrologik, ekologik sharoiti, biologik dunyosi va tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalariga uzviy bog‘liq tarzda turlicha kechadi. Tuproqga doimiy ravishda tabiiy va antropogen omillar о‘zining ta’sirini о‘tkazadi, buning oqibatida esa tuproqning xossa xususiyatlari о‘zgaradi. Hususan, neft uglevodorodlari tabiiy muhit va tuproq qoplamining ifloslovchi asosiy moddalar qatoriga kiradi. Uning kimyoviy ta’siri tuproqning morfologik, fizik, fizik-kimyoviy, agrokimyoviy, mikrobiologik, biokimyoviy va biologik xossalarini о‘zgartiradi, natijada tuproq unumdorligining pasayishi kuzatiladi. Qolaversa tuproqdagi organik moddalarning minerallanish jarayoniga, umumiy va guruhiy mikroorganizmlarning xilma-xilligiga, ularning miqdorining kamayishiga, fermentlar (katalaza, invertaza, polifenoloksidaza, oksidaza, proteaza, fosfataza, degidrogenaza) faolligining susayishiga, tuproqning nafas olishi va morfologik belgilarining о‘zgarishiga ta’sir etadi. Gidrogeologiya instituti tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududining yer osti sizot suvlari ustida katta miqdorda neft va neft mahsulotlari tо‘plangan va tuproq qatlamlaridan yer ostiga qarab sizib о‘tgan. Ifloslanishning kengayishi boshqa hudud tuproqlarining ham ifloslanishiga olib kelgan. Tuproqda uglevodorodlarning 5gr/100gr tuproqda uchrashi unda kechuvchi nitrifikatsiya jarayonining bir necha bor sekinlashishiga va mikroorganizmlarning keskin kamayishiga olib keladi. Natijada mikroorganizmlar faoliyati bilan bog‘liq biokimyoviy jarayonlar, ya’ni fermentlar faolligi susayishi kuzatiladi. Tuproqda kechadigan barcha biokimyoviy jarayonlar bevosita tuproqdagi fermentlarning funksiyasi bilan bog‘liq. Fermentlarning о‘ziga xos xususiyati shundaki, tuproqga kechadigan bioreaksiyalarni ming va million marta tezlashtiradi. Aniqlanishicha, hozirgi vaqtda tuproqda 40 ga yaqin (ureaza, katalaza, invertaza, perooksidaza, polifenoloksidaza va boshqalar) fermentlar mavjud bо‘lib, tuproqda turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, fermentlardan proteaza va ureaza fermentlari tuproqdagi organik azotning minerallanish jarayonini harakterlaydi. Ya’ni tuproqdagi nitrifikatsiya va ammonifikatsiya jarayonini faollishtiradi va azot bioelementini о‘simliklar oson о‘zlashtiradigan holatigacha olib keladi. Qora tuproq mintaqasida neft va neft mahsulotlari (fenol, amii, geterotsiklik birikm.alar, neft maxsulotlarinining oralik formalari) bilan ifloslanishdan sо‘ng polifenoloksidaza va peroksidaza fermentlari о‘zining faolligini yо‘qotadi. Qora tuproqdarda invertaza va degidrogenaza fermentlari neftni turli miqdoriga ta’sirchan bо‘lib, ureaza fermentining faolligi 1YANz shaklidagi azot hisobiga bir necha marta ortadi. Biroq tuproqqa tushgan neftning turli miqdori tuproq tiplariga kо‘ra fermentlar faolligiga turlicha ta’sir qiladi. Jumladan, neftning minimal dozasi polifenoloksidaza (PO) va va polifenoloksidaza (PFO) faolligiga stimulyativ ta’sir qilsa, yuqori miqdori sekinlashtiruvchi ta’sir qiladi, xuddi shuningdek ureaza va invertaza faolligiga neft turlicha ta’sir etadi (1-2-rasmlar). 1-rasm Neft bilan ifloslangan tuproqlarda ureaza fermenti faolligining о‘zgarishi. Ureazaning ta'siri azot o'z ichiga olgan organik birikmalar molekulalarida azot va uglerod (CO-IN) o'rtasidagi bog'lanishning gidrolitik ajralishi bilan bog'liq. Shuning uchun ko'plab tadqiqotchilar ureaza faolligi bilan tuproqdagi azot va gumus miqdori o'rtasidagi ijobiy bog'liqlikni qayd etadilar. Biroq, ureaza faolligi nafaqat gumusning umumiy miqdoriga, balki uning sifatiga ham bog'liq bo'lib, asosan uglerodning azotga nisbati (C: 14) bilan bog'liq. Uglerodning azotga nisbati eng yuqori bo'lgan organik moddalar eng yuqori ureaza faolligiga to'g'ri keladi, uglerodning azotga nisbati pasayishi bilan ferment faolligi ham pasayadi. 2-rasm Neft bilan ifloslangan tuproqlarda invertaza fermenti faolligining о‘zgarishi. Invertaz fermenti (a-fruktofuranozidaza) turli uglevodlarni glyukoza va fruktoza molekulalariga parchalanishini katalizlaydi. Ko‘pgina ma’lumotlar invertaz faolligining tuproqning biologik faolligi, undagi organik moddalar miqdori, dala ekinlarining hosildorligi va qishloq xo‘jaligida foydalanish jarayonida tuproqda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi Tajribalarning kо‘rsatishicha, yuqoridagi ikki ferment neftning ta’sirida turlicha faollikka ega bо‘lgan, jumladan ureaza fermenta invertaza fermentiga nisbatan faolligi oshib borgan. Tuproqdarning tipi va tabiiy muhitiga bog‘liq ravishda fermentlar turlicha faollikka ega bо‘ladi, qolaversa neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarda fermentlar faolligi keskin о‘zgaradi. Tuproqdagi gumus miqdori neft miqdoriga kura oshib kamayib boradi. Neftning kimyoviy ta’siri natijasida biologik dunyo zarar kо‘rishi va tuproq xossalari yomonlashishi hisobiga kamayib, vaqt о‘tishi bilan tuproq xossalari asta-sekin yaxshilanishi bilan neft organik modda bо‘lgani bois gumus miqdori ortib boradi. Tadqiqotlar mobaynida aniklandiki, tuproqning yuqori qatlamida (0-30 sm) neft yoki neft mahsuloti tushganda gumus hosil bо‘lish jarayoni sekinlashadi, qulay sharoit vujudga kelishi bilan bu jarayon yо‘lga tushib gumus miqdori ortishi kuzatiladi. Neft va neft mahsulotlari tuproqning fizikaviy xossalariga ham jiddiy ta’sir qiladi. Birinchidan tuproqning suv shimish va ushlash xossasi yomonlashadi, ikkinchidan tuproq bilan neft qorishib ketishi hisobiga strukturami yо‘qoladi, uchinchidan vaqt о‘tishi bilan berchlashib ketgan tuproqda kishlok xо‘jalik kurollari bilan ishlov berish kiyinlashadi. Bundan tashkari tuproqning mexanik tarkibi ham о‘zgarishga uchraydi. Tuproqning mexanik tarkibini о‘zgarishi bilan ifloslanish darajasi ham uzgaradi, tuproq mexanik tarkibi qanchalik yengil tarkibli bо‘lsa, neft yoki neft mahsulotini tez va kam shimadi, bunday tuproqlarni tozalash jarayoni bir muncha kulay va oson kechadi. Og‘ir mexanik tarkibli tuproqdarda esa aksincha, ya’ni og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar о‘ziga neft miqdorini sekin va kо‘p miqdorda shimadi, bunday tuproqdarni tozalash va qayta tiklash tadbirlari bir muncha og‘ir kechadi. Ifloslovchining kimyoviy tarkibi va tuproqning mexanik tarkibiga kо‘ra unig fizik xossalari о‘zgarib turadi. Va nihoyat ifloslangan tuproqning unumdorligi ifloslanish harakteriga kо‘ra turlicha bо‘lib, xatto unumdorligi keskin pasayadi. Qishloq xо‘jalik ekinlari urug‘larini unib chikishi va vegetatsiya jarayonlarida kuzatish mumkin. /Dacha sharoitida ifoslanishdan sо‘ng- о‘simlik dunyosi siyraklashadi va ayrim hollarda rivojlanish umuman tо‘xtaydi. Dissertatsiya ishini bajaraish uchun olingan tuproq Surxondayo viloyatining iqlim sharoitidagi tuproq hisoblanadi. Tajribaning amaliy ishlariga nazar tashladigan bo’lsak quydagilarni ma’lum qilmoqchiman: tajriba tariqasida maxsus idish olindi va ular unumdor tuproq bilan to’ldirildi; tuproq bilan to’ldirilgan idishlarga tajriba sifatida ishlatiladigan neft maxsulotlari toluol va geksan tanlab olindi; neft maxsulotlarini tuproqdan tozalash uchun Yevropadan olib kelingan biopreparati olib kelindi; idishlarning bir qismiga geksan; bir qismiga neft va yana bir qismiga toluol solindi (jadvalda). har bir idishdagi neft maxsulotlariga preparat qo’shildi, bunda geksandan bitta va toluoldan bitta idishga preparat solinmadi; barcha moddalar belgilangan miqdorda quydagi jadval asosida tajriba amalga oshirildi. jarayonni ko’zatish ishlari olib borildi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling