Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Agar to‘xtasalar, albatta, Alloh mag‘firatli va rahmlidir. 193}


Download 61.23 Kb.
bet15/21
Sana16.08.2023
Hajmi61.23 Kb.
#1667608
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
1-2

} Agar to‘xtasalar, albatta, Alloh mag‘firatli va rahmlidir.
193} Va ular bilan to fitna bo‘lmaydigan bo‘lib, din Allohniki bo‘lguniga qadar jang qiling. Agar to‘xtasalar, zolimlardan boshqalarga dushmanlik yo‘q.
194}
Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga dushmanlik qilsa, siz ham unga shunga o‘xshash dushmanlik qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.
195} Va Allohning yo‘lida nafaqa qiling. O‘zingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta. Alloh ehson qiluvchilarni xush ko‘radi.
196} Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting. Agar ushlanib qolsangiz, muyassar bo‘lganicha qurbonlik qiling. Qurbonlik o‘z joyiga yemaguncha, sochingizni oldirmang. Sizdan kim bemor bo‘lsa yoki boshida ozor beruvchi narsa bo‘lsa, ro‘za tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik so‘yish bilan to‘lov to‘lasin. Agar tinch bo‘lsangiz, kim umradan hajgacha huzur qilgan bo‘lsa, muyassar bo‘lgan qurbonlikni qilsin. Kim topmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganingizda – hammasi o‘n kun to‘liq ro‘za tutsin. Bu ahli Masjid-ul Haromda yashamaydiganlar uchun. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh iqobi shiddatli zotdir.
197} Haj ma’lum oylardir. Kimki ularda o‘ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo‘qdir. Nimaiki yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladi. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey aql egalari!
198} Sizga o‘z Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yo‘qdir. Arofatdan qaytib tushganingizda, Allohni Mash’ar-ul Haromda zikr qiling. Ilgari adashganlardan bo‘lsangiz ham, sizni hidoyatga boshlagani uchun Uni zikr qiling.
199} So‘ngra odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar. Va Allohga istig‘for aytinglar. Albatta, Alloh mag‘firatli, rahmli zotdir.
200} Ibodatlaringizni tugatganigizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan ba’zilari: “Robbimiz bizga bu dunyoda bergin”, deydi va unga oxiratda nasiba yo‘qdir.
201} Va ulardan ba’zilari: “Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin”, deydi.
202
Download 61.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling