Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Albatta, kufr keltirgan va kofir hollarida o‘lganlarga – ana o‘shalarga Allohning, jamiki farishta va odamlarning la’nati bo‘lgay. 162}


Download 61.23 Kb.
bet13/21
Sana16.08.2023
Hajmi61.23 Kb.
#1667608
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
1-2

} Albatta, kufr keltirgan va kofir hollarida o‘lganlarga – ana o‘shalarga Allohning, jamiki farishta va odamlarning la’nati bo‘lgay.
162} Unda abadiy bo‘ladilar. Ulardan azob yengillatilmaydi. Va ularga nazar ham solinmaydi.
163} Va ilohingiz bir ilohdir. Rahmon va Rahim bo‘lmish Undan o‘zga ibodatga sazovor zot yo‘qdir.
164} Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari bilan dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan o‘lgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yo‘naltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgo‘y bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor.
165} Odamlar ichida Allohdan o‘zga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir. Zulm qilganlar azobni ko‘rgan chog‘larida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi!
166} U paytda peshvolar (o‘zlariga) ergashganlardan tonadilar va azobni ko‘radilar, ularning bog‘lanishlari kesilur.

167} Va ergashganlar: “Qani endi bizga bir ortga qaytish bo‘lsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik”, derlar. SHunday qilib, Alloh ularga amallarining o‘zlariga hasrat bo‘lganini ko‘rsatadi. Va ular do‘zaxdan chiquvchi emaslar.


168} Ey odamlar! yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar. Va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir.
169} Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishingizga buyuradi.
170} Ularga: “Alloh nozil qilgan narsaga ergashingiz”, deyilsa, ular: “Yo‘q, biz otalarimizni nimada topsak, shunga ergashamiz”, deydilar. Otalari hech narsaga aqli yetmagan va hidoyat topmagan bo‘lsalar hammi?!
171} Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va ovozdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga o‘xshaydi. Ular kar, soqov va ko‘rdirlar. Ular aql ishlatmaydilar.
172} Ey iymon keltirganlar! Sizlarga rizq qilib berganimiz pok narsalardan yenglar va Allohga shukr qilinglar, agar Unga ibodat qiladigan bo‘lsalaringiz.
173} Albatta, U zot sizlarga faqat o‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti va Allohdan boshqaga atab so‘yilganlarni harom qildi. Kimki majbur bo‘lsa-yu, zulm qilmay, haddan oshmay (yesa), unga gunoh bo‘lmaydi. Albatta, Alloh mag‘firatli va rahmlidir.
174} Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar, ana o‘shalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaslar, ularga Alloh qiyomat kuni gapirmaydi va ularni poklamaydi. Ularga alamli azoblar bor.
175
Download 61.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling