Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanini va sizlarga Allohdan o‘zga do‘st ham, yordamchi ham yo‘qligini bilmadingmi? 108}


Download 61.23 Kb.
bet9/21
Sana16.08.2023
Hajmi61.23 Kb.
#1667608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
1-2

} Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanini va sizlarga Allohdan o‘zga do‘st ham, yordamchi ham yo‘qligini bilmadingmi?
108} Yoki payg‘ambaringizdan, bundan avval Musodan so‘ralganidek, savol so‘rashni xohlaysizmi?! Kim iymonni kufrga almashtirsa, batahqiq, to‘g‘ri yo‘ldan adashibdi.
109} Ahli kitoblardan ko‘plari ularga haq ravshan bo‘lganidan keyin, o‘zlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli bo‘lganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi bo‘ladilar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli bo‘ling. SHubhasiz, Alloh har bir narsaga qodirdir.
110} Namozni qoim qiling, zakotni bering, o‘zingiz uchun qilgan yaxshiliklarni Allohning huzurida topasiz. Albatta, Alloh qilayotganingizni ko‘ruvchidir.
111} Va ular: “Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmaydi”, dedilar. Bu ularning xom xayollaridir. “Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, hujjatingizni keltiring”, deb ayt.
112} Yo‘q! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga taslim qilsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaydilar.
113} Yahudiylar: “Nasroniylar hеch narsada emaslar”, dedilar. Nasroniylar: “Yahudiylar hеch narsada emaslar”, dedilar. Va holbuki, ular kitob tilovat qiladilar. SHuningdek, bilmaydigan kimsalar ham ularning gapiga o‘xshash gap aytdilar. Bas, qiyomat kuni oralarida Alloh ular ixtilof qilgan narsa haqida hakamlik qiladi.
114} Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni xarob qilishga harakat qilgandan ham zolimroq odam bormi? Ana o‘shalar u joylarga faqat qo‘rqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku! Ularga bu dunyoda xorlik bordir va ularga oxiratda ulug‘ azob bordir.
115} Mashriq ham mag‘rib ham Allohnikidir, qayoqqa yuzlansangiz, Allohning yuzi o‘sha yerdadir. Albatta, Alloh qamrovi keng, biluvchi zotdir.
116} Ular: “Alloh o‘ziga farzand tutdi”, deydilar. U pokdir. Balki osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma Unga bo‘ysunuvchidir.
117
Download 61.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling