Тошкент-2023 1 fotiha 1}
} Keyin o‘shandan so‘ng yuz o‘girdingiz. Sizga Allohning fazli bo‘lmaganida, albatta yutqazganlardan bo‘lardingiz. 65}
Download 61.23 Kb.
|
1-2
} Keyin o‘shandan so‘ng yuz o‘girdingiz. Sizga Allohning fazli bo‘lmaganida, albatta yutqazganlardan bo‘lardingiz.
65} Batahqiq, sizlardan shanba kuni tajovuzkorlik qilganlarni bildingiz. Biz ularga: “Quvilgan, xor-zor maymunlarga aylaning”, dedik. 66} Biz bu (hodisa)ni uning oldingilarga va keyinidagilarga (ibratli) jazo hamda taqvodorlarga mav’iza qildik. 67} Muso o‘z qavmiga: “Alloh sizga sigir so‘ymoqni buyurmoqda”, deganini eslang. Ular: “Bizni mazax qilyapsanmi?” dedilar. U: “Johillardan bo‘lishimdan Allohdan panoh so‘rayman”, dedi. 68} Ular: “Biz uchun Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin”, dedilar. U: “U qari ham, yosh ham bo‘lmagan, ikkovining o‘rtasidagi sigir, deyapti. Bas, buyurilgan narsani qilinglar”, dedi. 69} Ular: “Biz uchun Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin”, dedilar. U: “U, rangi sap-sariq, qaraganlarni shod qiladigan sigir, deyapti”, dedi. 70} Ular: “Biz uchun Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bizga bayon qilib bersin, sigir bizga noaniq bo‘lib qoldi, biz, inshaalloh, albatta to‘g‘ri yo‘lni topuvchilarmiz”, dedilar. 71} U zot: “o‘sha sigir minilmagan, yer haydash, ekin sug‘orishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yo‘q, deb aytyapti”, dedi. Ular: “Endi haqiqatni keltirding”, dedilar. Bas, uni so‘ydilar. Sal bo‘lmasa, qilolmasdilar. 72} Bir jonni o‘ldirib qo‘yib, u haqida ixtilofga tushganingizni eslang. Alloh siz berkitgan narsani (yuzaga) chiqaruvchidir. 73} “Bas, uni u (sigir)ning ba’zi joyi bilan uring”, dedik. Alloh xuddi shunday qilib o‘liklarni tiriltiradi va oyat-alomatlarini sizga ko‘rsatadi. SHoyadki aql ishlatsangiz. 74} So‘ngra, shundan keyin qalblaringiz qattiq bo‘ldi, ular toshdek yoki toshdan ham qattiq. Va holbuki, toshlarning ba’zilaridan anhorlar otilib chiqadi, ba’zilari yorilib undan suv chiqadi va ba’zilari Allohdan qo‘rqqanidan qulab tushadi. Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan g‘ofil emas. 75} Ularning iymon keltirishlarini tama qilasizlarmi? Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va so‘ngra uni tushunganlaridan keyin bilib turib buzar edilar. 76} Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, deydilar. Ba’zilari ba’zilari bilan xoli qolsalar: “Ularga Alloh sizga ochgan narsa haqida Robbingiz huzurida hujjat talashishlari uchun gapiryapsizmi? Aqlni ishlatmaysizmi?” deydilar. 77 Download 61.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling