} Ular: “Ey pok Parvardigor! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo‘q. Albatta, Sen O‘zing biluvchisan va hakim zotsan”, dedilar.
33} “Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber”, dedi. Ularga o‘sha narsalarning ismlarini aytib bergach, “Men sizlarga osmonlaru yerning g‘aybini bilaman va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni ham bilaman demaganmidim?!”, dedi.
34} Farishtalarga “Odamga sajda qilinglar!” deganimizni esla. Bas, sajda qildilar, faqat iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo‘ldi.
35} Hamda, “Ey Odam, sen o‘z jufting bilan jannatda maskan top. Unda xohlagan joyingizda bеmalol yenglar, va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo‘lib qolasizlar”, dedik.
36} SHayton ularni undan ozdirdi va bo‘lgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: “Ba’zingiz ba’zingizga dushman bo‘lgan holda tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir”, dedik.
37} Bas, Odam Robbisidan so‘zlarni qabul qilib oldi, keyin U zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahmli zotdir.
38} Biz: “Undan hammangiz tushing, bas, Mendan sizga hidoyat keladi bas, o‘shanda kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaslar”, dedik.
39} Va kufr keltirgan hamda oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar esa, o‘shalar do‘zax egalaridir, ular unda abadiy qoladilar.
40} Ey Bani Isroil, sizga bergan ne’matlarimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Men ham sizga bergan ahdimga vafo qilaman. Va Mendangina qo‘rqing.
41} Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring. Unga birinchi kufr keltiruvchi bo‘lmang. Mening oyatlarimni ozgina bahoga sotmang va Mengagina taqvo qiling.
42} Haqni botilga aralashtirmang va o‘zingiz bilib turib haqni yashirmang.
43} Namozni to‘la-to‘kis qoim qiling, zakot bering va ruku’ qiluvchilar bilan ruku’ qiling.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |