Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Ogoh bo‘ling, aynan ular buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari sezmaydilar. 13}


Download 61.23 Kb.
bet2/21
Sana16.08.2023
Hajmi61.23 Kb.
#1667608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-2

} Ogoh bo‘ling, aynan ular buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari sezmaydilar.
13} Va agar ularga, “odamlar iymon keltirganidek, iymon keltiringlar”, deyilsa, “Nodonlar iymon keltirganidek iymon keltiramizmi?” deyishadi. Ogoh bo‘ling, albatta, ularning o‘zlari nodondirlar va lekin o‘zlari sezmaydilar.
14} Va agar iymon keltirganlarga duch kelsalar, “iymon keltirdik”, deydilar, shaytonlari bilan xoli qolganlarida esa, “biz sizlar bilanmiz, faqatgina mazax qilyapmiz xolos”, deydilar.
15} Alloh ularni mazax qiladi va tug‘yonlarida dovdirab yurishlariga qo‘yib beradi.
16} Ana o‘shalar hidoyat o‘rniga zalolatni sotib olganlardir. Bas, tijoratlari foyda kеltirmadi va hidoyat topganlardan bo‘lmadilar. 
17} Ularning misoli xuddi olov yoqqan va yoqqan olovi endi atrofini yoritganida Alloh nurlarini ketkazib, qorong‘u zulmatlarda ko‘rolmaydigan bo‘lib qolgan kishilarga o‘xshaydilar.
18} Ular kar, soqov, ko‘rdirlar. Bas, ular qaytmaydilar.
19} Yoki xuddi osmondan yomg‘ir yog‘ib, qorong‘u bosib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqqanda, yashindan qochib, barmoqlarini quloqlariga tiqib, o‘limdan ehtiyot bo‘layotgan kimsaga o‘xshaydilar. Va Alloh kofirlarni o‘rab oluvchidir.
20} CHaqmoq ularning ko‘zlarini olib qo‘yay deydi. Har gal yorigan paytda yurib olishar, agar ularga qorong‘i tushirganida, to‘xtab qolishar edi. Agar Alloh xohlasa, ularning quloq va ko‘zlarini ketkizadi. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
21} Ey insonlar, sizlarni va sizdan oldingilarni yaratgan Robbingizga ibodat qiling. SHoyadki taqvodor bo‘lsangiz.
22} U sizlarga yerni to‘shak, osmonni bino qilgan va osmondan suv tushirib, u bilan sizlarga mevalarni rizq qilib chiqargan zotdir. Bas, bilib turib Allohga boshqalarni tenglashtirmang.
23} Va agar bandamizga tushirilgan narsamizga gumoningiz bo‘lsa bas, unga o‘xshash bir sura keltiring va rost so‘zlovchilardan bo‘lsangiz Allohdan o‘zga guvohlaringizni chaqiring.
24} Bas, agar qila olmasangiz, hech qachon qila olmaysizlar ham, yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lgan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan otashdan qo‘rqinglar.
25} Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga, ular uchun tagidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand bo‘lsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, deyishadi. Va ularga o‘xshash qilib berilgandir. Ularga bu yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qoladilar.
26} Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmaydi. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini biladilar. Ammo kufr keltirganlar, “Alloh bu misol bilan nimani iroda qildi”, deyishadi. U bilan ko‘pchilikni zalolatga ketkazadi va ko‘pchilikni hidoyatga boshlaydi. U bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkazadi.
27} Ular Allohning ahdini bog‘langandan so‘ng buzadigan, Alloh bog‘lanishiga buyurgan narsalarni kesadigan, yer yuzida fasod qiladigan kimsalardir. Ana o‘shalar ziyon ko‘ruvchilardir.
28} Allohga qanday qilib kufr keltirasizlar? Holbuki jonsiz edingiz U sizga jon berdi, so‘ngra joningizni oladi va yana tiriltiradi va kеyin sizlar Unga qaytarilasizlar.
29} U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsani yaratgan zot. So‘ngra osmonga yuzlandi va ularni yetti osmon qilib to‘g‘riladi. Va U har bir narsani biluvchi zotdir.
30} Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: “Men yer yuzida xalifa qiluvchiman”, dedi. Ular: “Unda fasod qiladigan, qon to‘kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Seni hamding bilan poklab yod etib va Sеni muqaddaslab turibmiz”, dedilar. U: “Men siz bilmaganni bilaman”, dedi.
31} Va odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qildi. Keyin: “Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, anavilarning ismlarini Menga aytib bering”, dedi.
32
Download 61.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling