Toshkent-2023 Mundarija Kirish i-bob. Iqtisodiy o'sish: mohiyat va omillar
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha: Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Download 222.97 Kb.
|
Asatbek.doc.psixologiya
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K Modelda yalpi talab investitsion va iste`mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. Y = C + I Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari xam iste`mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi. R.Solou bitta ishchiga to`gri keladigan maxsulot ishlabchikarish xajmi kapital bilan kurollanish darajasining funktsiyasi deb karaydi. Kapital bilan kurollanganlik darajasining o`sishi esa jamgarish normasiga boglik. Jamgarish normasining o`sishi, kapital bilan kurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chikarishning yuksalishiga olib keladi. Ammo kapital jamgarish normasi yukori bo`lmasa kapitalning sikib ketishi, axoli sonining o`sishi tufayli kapital bilan kurollanganlik darajasi o`zgarmasdan kolishi yoki pasayib ketishi mumkin. R.Soluning fikriga ko`ra , barkaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Axoli sonining tez o`sishi iktisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barkaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chikarish kamayadi. O`z navbatida, jamgarish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to`gri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan kurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barkaror xolatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. SHu sababli barkaror xolatdagi iktisodiy o`sishning yagona sharti texnik tarakkiyotning o`sish sur`ati xisoblanadi. Model asosida jamgarishning ”oltin koidasi” yotadi. e Felpsning “oltin koidasi” moxiyati shundaki jamgarishning shunday optimal normasi mavjudki u iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iktisodiy o`sishni ta`minlaydi. R.Solou modeli iktisodiy o`sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik tarakkiyotning o`zaro alokadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iktisodiy o`sishga jamgarish normasi xamda texnik tarakkiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin. Xozirgi zamon iktisodiyotini taxlil kilishda yangi paydo bo`lgan iktisodiy o`sish modellaridan kam foydalanilmokda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iktisodiy o`sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iktisodiyotining tuzilishidan kelib chikadi. Poytaxtimizning ishi eshitilishi bilan uning unumdorligi pasayish tezligi bilan o'sib bormoqda. Model bitta xodimning nuqtai nazaridan iqtisodiy ko'rsatkichlar o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadigan quyidagi tenglamalar bilan tasvirlangan: y \u003d f (k)- kümülatif taklif;
Download 222.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling