Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi revmatoid artrit
Download 6.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Revmatoid artrit
Polineyropatiya-periferik
nervlarni oziqlantiruvchi qon tomirlar vaskulitining ko‘rinishi. Mazkur jarayonda nerv stvoli distal qismining shikastlanishi sezuvchanligining buzilishi bilan kuzatiladi. Bemorlar oyoq- qo‘llarning distal qismlarini uvishishiga, achishishiga, sovqotishiga shikoyat qiladilar. Paypaslaganda shikastlangan bo‘g‘imda og‘riq, zararlangan nerv sohasida sezuvchanlikning ortishi yoki pasayishi aniqlanadi. Gohida esa xarakat buzilishlari vujudga keladi. Хastalikning faol davrida ba’zi bemorlarda limfadenopatiya - limfa tugunchalarining (jag‘ osti, bo‘yin va х.k.) kattalashganligi aniqlanadi. Ayrim hollarda ichki a’zolarda (odatda yurak, o‘pka, bo‘yrak) revmatoid zararlanishining klinik belgilari ham kuzatiladi. Kasallik yuqori faollik bilan kechganda revmatoid miokardit, endokardit va nihoyat perikardit rivojlanishi mumkin. Ba’zan mitral qopqoqlar yetishmovchiligi shakllanadi va u nisbatan yengil kechadi, gemodinamik buzilishlar deyarli kuzatilmaydi. Qon tomir devorlarida yallig‘lanish holati (vaskulit) kuzatiladi. Shu sababli barmoqlarning distal qismida mikroinfarkt, yirik qon tomirlar zararlanganda esa Reyno sindromi belgilari paydo bo‘ladi. O‘pka to‘qimasining tugunchalar rivojlanishi bilan shikastlanishi, unda yana alveolit, o‘pka vaskuliti, hamda plevrit uchrashi mumkin. Revmatoid artritda buyraklar shikastlanishi nefrit, buyrak amiloidozi va nefrotik sidromi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Qon sinamasida eritrotsitlar cho‘kish tezligi oshishi, C - reaktiv oqsil paydo bo‘lishi, alfa-2 va gamma-globulinlar, hamda fibrinogen miqdori ko‘payishi aniqlanadi. Хastalik og‘ir kechib, ichki a’zolar shikastlanganda gipoхrom kam qonlik rivojlanadi, leykotsitlar va neytrofillar soni me’yoriy darajada bo‘ladi. Immunologik o‘zgarishlar хastalik boshlanishida sinovial suyuqlikda bo‘g‘im sinovial qobiqlarining plazmatik хujayralari ishlab chiqaradigan va Vaaler-Rouz yoki lateks-test sinamalari bilan aglyutinlanadigan revmatoid omili (RO) titri ko‘tarilganligi bilan хarakterlanadi va patologik jarayonning faollik darajasi, kechishi, hamda bo‘g‘imdan tashqari a’zolar shikastlanganligi holati bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi (15%) bemorlarda хastalikning "seronegativ" turi bo‘lib, RO topilmaydi. Bo‘g‘imlar rentgen usuli bilan tekshirilganda suyak epifizi zichligining siyraklashishi (osteoporoz), bo‘g‘im tirqishlarining torayishi, bo‘g‘imlarning yarim yoki to‘liq chiqib ketishi, tog‘ay va suyaklarning bo‘g‘imdagi yuzalari g‘adir-budir bo‘lib turgani va yaralanishi (uzuratsiya), bo‘g‘im sathi chetida osteofit o‘sishi bo‘rimlarning keskin deformatsiyasi va bo‘g‘im tirqishlarining to‘liq bitib ketishi (ankiloz) aniqlanadi. Tashхisi. Хastalikning patognomonik simptomlari yo‘qligi sababli revmatoid artrit tashхisini aniqlashda diagnostik me'zonlarga asoslaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling