Toshkent-2023 Topshiriq. Quyidagi atamalarga izoh bering
Download 20.63 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug’urta fondlari
- Markazlashgan davlat fondlari
Sug’urtalanuvchi – sug’urta tashkiloti bilan sug’urta shartnomasini tuzgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sug’urta tashkilotlari bilan munosabatlarga kirishgan yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.
Sug’urta to’lovi - mol-mulkka daxldor sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovi sug‘urta tovoni sifatida, sug‘urtalanuvchining yoki uchinchi shaxsning shaxsiga daxldor sug‘urta hodisasi yuz berganida esa – sug‘urta ta’minoti sifatida amalga oshiriladi. Sug’urta fondlari - ushbu korxona tabiiy va naqd shaklda ifodalangan kompaniya zaxiralarining yig'indisidir. Ushbu zaxiralar tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar natijasida etkazilgan yo'qotishlarning oldini olish va qoplash uchun ishlatiladi. Sug'urtalashning iqtisodiy asosini sug'urta fondlarini yaratish va sarflash jarayoni tashkil etadi. Markazlashgan davlat fondlari - davlatning markazlashgan sug‘urta fondlari. Markazlashgan sug‘urta fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fonddan asosan favqulodda hodisalar ro‘y berganda paydo bo‘lgan zararlarni qoplashga ishlatiladi. Sug’urta fondlaridan foydalanish. Tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar sodir bo‘lishi natijasida keltirilgan zararlarni qoplash uchun sug‘urta fondlari tashkil etiladi. Sug‘urta fondlari tashkil etish manbasiga va foydalanish yo‘nalishiga qarab, uch ko‘rinishda bo‘ladi: - o’z-o’zini sug’urtalash fondlari. Bu fond har bir xo‘jalik sub’ektida tashkil etiladi va ishlab chiqarishda vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi; - davlatning markazlashgan sug‘urta fondlari. Markazlashgan sug‘urta fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fonddan asosan favqulodda hodisalar ro‘y berganda paydo bo‘lgan zararlarni qoplashga ishlatiladi; - sug’urta yo’li bilan tashkil etiladigan sug’urta fondlari. Bu fond sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘langan mukofotlar hisobidan tashkil etiladi. Sug‘urta fondi faqat pulli shaklda va u qat’iy maqsadli yo‘nalishda foydalaniladi, ya’ni sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lashga ishlatiladi. Download 20.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling