Toshkent-2023 Topshiriq. Quyidagi atamalarga izoh bering


Download 20.63 Kb.
bet1/6
Sana28.03.2023
Hajmi20.63 Kb.
#1302145
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI


VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Sug'urta biznes fani bo’yicha



Topshiriq
Bajardi: Shomurodov Azamat
Tekshirdi: Iminova Nargizaxon


Toshkent-2023
Topshiriq. Quyidagi atamalarga izoh bering: Sug‘urta, sug‘urta munosabatlari, sug‘urta to‘lovi, sug‘urtalanuvchi, sug‘urta fondlari, markazlashgan davlat fondlari, sug‘urta fondlaridan foydalanish, sug‘urtaning funksiyalari, sug‘urtaning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, fanining predmeti, moliyaviy munosabatlar, bozor iqtisodiyoti, umumiy va alohida usullar, dialektik usul, induksiya, deduksiya, tahlil va sintez usuli, ilmiy abstraksiya usuli, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil, statistik usul, taqqoslash usuli, interfaol usul.


Topshiriq bajarilishi:
Sug’urta - mol-mulk, sog’liq yoki hayot, biznes va qiymatga ega bo’lgan boshqa yo’nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to‘lagan sug‘urta badallari (sug‘urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq yoki qisman qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug‘urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar dyemakdir.
Sug’urta munosabatlari - sug’urta munosabatlarini o’rnatishda sug’urta fondlarini tashkil etish birlamchi zaruriyat hisoblanadi. Chunki, sug’urtalovchining moliyasi sug’urta himoyasi bo’yicha xizmat ko’rsatish faoliyatini ta'minlaydi. Shu sababli sug’urtalovchi sug’urta fondi mablag’larini shakllantiradi va tashkil etilgan fond mablag’larini sug’urtalanuvchilar zararlarini qoplash, sug’urta ishini tashkil qilish bo’yicha xarajatlarini moliyalashtirishga sarflaydi. Bundan tashqari, bozor sharoitida, sug’urtalovchi sug’urta fondining bir qismi va o’z mablag’lari hisobidan investitsion faoliyat bilan ham shug’ullanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, sug’urta tashkilotining pul aylanishi xalq xo’jaligining boshqa sohalari korxonalariga nisbatan ancha murakkabdir.

Download 20.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling