Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
210
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Inson qilmishlarining hukmi asosan to‘rtta shar’iy manbadan chiqariladi. Ular Qur’on, sunnat, ijmo’ hamda qiyos. To‘rt manbaning hujjatligi hamda ularning tutgan o‘rni to‘g‘risida olimlar yakdil qarorga kelishgan. Qoidaga ko‘ra, mujtahid u yoki bu masalani hal etish uchun avval Qur’oni Karimga, keyin sunnatga, keyin ijmo’ga va nihoyat, qiyosga murojaat qiladi. Manbalarning haqqoniyligi to‘g‘risida Qur’oni Karim Niso surasi- ning 59-oyatida shunday deyiladi: «Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilinglar va payg‘ambarga itoat qilinglar hamda o‘zlaringizdan (ya’ni musulmonlardan) chiqqan boshliqlarga itoat qilinglar. Agar biror masala javobida bir fikrga kelisha olmasalaringiz, u holda o‘sha masalani Allohga va uning rasuliga qaytaringlar. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymonlaringiz bo‘lsa, shunday qilishlik eng yaxshi va xayrli ma’no berishdir». Qur’on (arab. – qiroat, o‘quv)da islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalar o‘z ifodasini topgan. Qur’on 114 suradan iborat bo‘lib, un- dagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shariat (to‘g‘ri yo‘l, qonunchilik) ga asos qilib olingan. Qur’onda 6666 oyat mavjud, ammo ayrim adabiyotlarda oyatlar sonini 6234 ta deb ham e’tirof etilgan. Bu Qur’onning turli tarzda o‘qilishi bilan izohlanadi. Qur’on normalarining aksariyati diniy-axloqiy masa- lalarga taalluqli bo‘lib, shundan 250 tasi huquqiy xususiyatga ega. Qur’on – musulmon huquqining asosiy manbayi sifatida Allohning o‘z payg‘ambarlari va elchilaridan oxirgisi Muhammad(s.a.v.)ga farishta Jabroil alayhissalom orqali yo‘llagan vahiylardan iborat. Musulmonlar o‘rtasidagi mu- nosabatlarni tartibga solishda Qur’onning o‘rni beqiyos. Qur’on kishilar uchun hujjat bo‘lib, uning hukmlariga qat’iy rioya etish- lari lozim. Uni ilohiy qonun deb qarashlariga dalil – uning Alloh huzuridan kishilarga hech shubhaga o‘rin qolmagan tarzda nozil bo‘lganligidir. Rasululloh (s.a.v.): «Men Alloh tomonidan sizlarga yuborilgan payg‘ambarman, bunga hujjatim va dalilim – sizlarga o‘qib berayotganim, menga Alloh tomonidan vahiy qilingan shu Qur’ondir», – dedilar. Kishilar payg‘ambarning bu aytganlariga ishonmaganlaridan so‘ng ularga aytdilarki: «Agar bunga ishonmasalaringiz, bu inson so‘zi degan fikrga borsalaringiz, si- zlar ham insonsizlar, binobarin, shu men aytgan Qur’ondek sizlar ham Qur’on keltiringlar. Yoki to‘liq Qur’on keltirishdan ojiz bo‘lsalaringiz, hech bo‘lmasa, o‘nta sura keltiringlar. Juda bo‘lmasa, loaqal bir dona Qur’on surasidek sura keltiringlar», – deb ularni munozaraga chaqirdilar. Qur’oni Karim al-Isro surasining 88-oyatida shunday deyiladi: «Ayting (ey Muhammad): «Agar dunyodagi barcha insonlaru jinlar birgalashib, biz Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling