Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Musulmon 
huquqining 
manbalari
6-§.


211
X bob.
 Huquqning 
shakli (manbai)
nozil qilgan Qur’ondek kitob keltirishga yordamlashsalar ham, keltira olmay-
dilar». 
Hud surasining 13-oyatida shunday ta’kidlanadi: «Ular aytadilarmi bu 
so‘zlarni Muhammad o‘zi to‘qigan deb. Agar shunday gumon qilsalar, aytingki, 
«Agar qo‘llaringdan kelsa, qodir bo‘lsalaring, sizlar loaqal o‘n dona to‘qima 
sura keltiringlar. Buning uchun Allohdan boshqa kimni yordamga chaqir-
salaring chaqiringlar. Agar qilgan da’volaring va aytgan so‘zlaringda rostgo‘y 
bo‘lsalaring».
Xuddi shuningdek, Baqara surasining 23, 24-oyatlarida esa: «Agar sizlar 
bizning bandamiz Muhammadga nozil qilgan kitobimizga, bu ilohiy kitob emas, 
deb shubha qilsalaring, aynan shu kitobdagi suraga o‘xshash hech bo‘lmasa 
bir dona sura keltiringlar. Buning uchun yordamga Allohdan boshqa kimni 
istasalaring chaqiraveringlar (Chunki, Alloh shunday Qur’on keltirishga qodir). 
Agar qilgan da’volaringning uddasidan chiqa olmasangizlar, hech qachon chiqa 
olmaysizlar ham, bas, shunday ekan, o‘tini odamlar va toshlardan bo‘lgan, 
kofirlar, ishonmovchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqinglar», – 
deyiladi. Bu va shunga o‘xshash dalillar bilan Qur’on ilohiy kitob ekanligi 
isbotlanadi.
Qur’oni Karimda kelgan qoida va me’yorlar uch xildir
1

birinchisi, 
e’tiqodga taalluqli qoida va me’yorlar. Bunga mukallaf (oqil kishi) e’tiqod qili-
shi lozim bo‘lgan narsalar kiradi. Chunonchi, Allohga, uning farishtalariga, 
kitoblariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga, o‘lganidan so‘ng tirilishiga 
ishonish va h.k.; 
ikkinchisi, axloqqa taalluqli qoida va me’yorlar. Bunda kishi 
qanday go‘zal xulqlar bilan ziynatlanishi va qanday yomon, yaramas xulqlardan 
uzoq bo‘lishi ko‘rsatilgan; 
uchinchisi, amaliyotga taalluqli qoida va me’yorlar. 
Bular insonning ishlari va so‘zlariga berilgan hukmlardir.
Qur’ondagi amaliy hukmlar ikki xil bo‘ladi: a) namoz, ro‘za, zakot, haj, 
qasam kabi 
ibodatga taalluqli hukmlar bo‘lib, ular insonning Alloh bilan 
bo‘ladigan munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan; b) insonning boshqa 
insonlar bilan bo‘ladigan muomalasi, oila-nikoh, savdo-sotiq, jinoyat, jazo, ijara, 
garov kabi 
muomalaga taalluqli hukmlar.
Musulmon huquqining ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi manbayi – 
Sunnatdir
«Sunnat» so‘zi «yo‘l» ma’nosini anglatadi. U yo‘l yaxshi bo‘lsa ham, yomon 
bo‘lsa ham sunnat deyiladi. Chunki, Rasululloh (s.a.v.) hadislarida shunday 
deyilgan: «Kimki bir yaxshi yo‘lga birinchi bo‘lib boshlasa, uning savobi o‘sha 
boshlagan kishigadir. Aynan shu yo‘lga undan so‘ng to qiyomatgacha kim 
yursa, yurgan kishiga qancha savob bo‘lsa, shu barobarida birinchi boshlagan 

Аbdulvahhob Хallof. Usulul fiqh (islom qonunshunosligi asoslari). Birinchi, ikkinchi qismlar. – T.: 
1997. – 30–31-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling