Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
214
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi narsa harom deb belgilangan. Baqara surasining 90-oyatida aytilganidek, «Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot top- sangiz». Shunga binoan mast qilish xususiyati bo‘lgan har bir narsa, u qanday bo‘lmasin, uning hukmi ham harom bo‘ladi. Xuddi shuningdek, juma namoziga azon aytilayotgan vaqtda savdo bilan shug‘ullanish mumkin emas. Bu to‘g‘rida Juma surasining 9-oyatida shun- day deyiladi: «Ey, iymon keltirganlar, qachonki, Juma kuni namozga nido qilinsa, bas, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying. Ana shundoq qilmog‘ingiz, siz uchun yaxshidir, agar bilsangiz». Demak, azon aytilayotgan vaqtda ijara ishlari, yoki biror narsani garovga qo‘yish va boshqa manfaat keltiradigan ish bilan mashg‘ul bo‘lish ham man etiladi, sabab juma namozidan qolish xavfi bor. Mazkur to‘rtta muhim manba bilan bir qatorda islom huquqida al-istihson (mujtahidning ochiq – ravshan qiyosdan maxfiy qiyosga o‘tishi), al-maslahatul mursala (qayddan xoli bo‘lgan, hech bir narsaga bog‘lanmagan maslahat), urf (kishilar o‘rganib, odatlanib qolganliklariga asosan qilib kelayotgan ishlari va so‘zlari) ham manba sifatida tan olinadi. 215 XI bob. Huquq ijodkorligi Huquq ijod etish davlatning yuridik nor- malar yaratishga qaratilgan maxsus faoliyati- dir. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning irodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijti- moiy boshqaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida jamiyat miqyosida amal qiluvchi bir butun va o‘zaro ichki aloqador bo‘lgan huquqiy normalar tizimi vujudga keltiriladi. Huquq normalarining yaratilishi, yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga bo‘ysunish munosabatlari davlatning huquq ijodkorlik funksiyasi bilan bevosita bog‘liq. Huquq ijodkorligi huquq yaratishning nisbatan kengroq bo‘lgan jarayon tarzidagi tarkibiy qismi hisob- lanadi 1 . Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling