Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI bob. HUQUQ IJODKORLIGI Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari 1-§.
Huquq ijodkorligi – vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxs-
larning (referendum chog‘ida – butun xalqning) huquq normalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan maxsus faoli- yatidir. Huquq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalar o‘rnatish, balki ilgari chiqarilgan normativ-huquqiy qoidalarni o‘zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Davlat huquqiy normani o‘rnatish yoki ma’qullash orqali huquqni qo‘llash va huquqni qo‘riqlashdek serqirra, murakkab jarayonlarga turtki be- radi. Huquq ijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat or- ganlarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi. Bunday rasmiy hujjatlar normativ-huquqiy hujjatlar deb ataladi. Huquq ijodkorligi davlat xarakteriga ega bo‘lgan aktiv faoliyatdir. Davlat organlari jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiya- sini amalga oshirib boradilar. Bu esa, huquq ijodkorligi jarayonining beto‘xtov davom etishini taqozo etadi. Huquq ijodkorlik faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat irodasini ifodalash va rasmiylashtirish bilan bog‘liq. Davlat tashkiliy kuch bo‘lsa, huquq yuridik qoida shakliga kirgan irodadir. 1 Qarang: Оdilqoriyev Х.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2011, – 34-bet. XI bob. HUQUQ IJODKORLIGI Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari 1-§. 216 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Huquq ijodkorligi mazmuni ikki toifa harakatni o‘z ichiga oladi: birin- chidan, huquq ijod etuvchi organlarning normativ hujjat loyihasini tayyorlash bo‘yicha harakatlari: ya’ni, loyihani ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish; uni tayyorlash; loyihani muhokama etish; hujjatni manfaatdor idoralar bilan kelishib olish va qo‘shimcha ishlov berish. Ikkinchidan, bu jarayonga normativ hujjatni chiqarish bo‘yicha harakatlar kiradi: huquqiy hujjat loyihasini huquqni ijod etuvchi organ muhokamasiga kiritish; huquq ijod etuvchi organ tomonidan loyihani muhokama etish; normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish va uni e’lon qilish (nashr etish). Ta’kidlash joizki, huquq ijod etishning mazkur bosqichlari (harakatlari) ba’zan birlashib ketishi, ba’zan esa, yangi xatti-harakatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Xususan, yakka tartibda huquqiy hujjat qabul qiluvchi mansabdor shaxs ushbu bosqichlarni birlashtirib yuborishi mumkin. Masalan, Prezident farmon chiqarganda yoki hokim farmoyish qabul qilganda aytib o‘tilgan bosqichlarni birlashtirib, o‘zi bajaradi. Ayrim hollarda yuqoridagi bosqichlardan tashqari, loyiha yuzasidan mutaxassis-olimlarning xulosasini olish, uni eksper- tizadan o‘tkazish va loyihani keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish kabi xatti-harakatlar ham amalga oshiriladi. Huquq ijodkorligi faqat qonun loyihasi yoki huquqiy qarorni ko‘rib chiqish va qabul qilish bilan cheklanmaydi. Bu jarayon davlat organlarining amaldagi huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish, eskirgan yuridik normalarni bekor qilish va mavjud normativ hujjatlarni bir tizimga solishga qaratilgan faoliyatini o‘z ichiga oladi. Xalq, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar yuridik normalarni o‘rnatuvchi subyektlar sifatida e’tirof etiladi. Shu ma’noda huquq ijodkorligining turlari haqida so‘z yuritish mumkin. Huquq ijodkorligining quyidagi turlari mavjud: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling