Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) Davlat organlarining huquq ijodkorligi.
1) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi. Xalq tomonidan amalga
oshiriladigan huquq ijodkorligining eng yorqin ifodasi referendum – davlat va jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha umumxalq ovoz berishidir. Referendum huquq ijod etishning alohida shakli sifatida xalqning o‘z irodasini bevosita bayon etishi hisoblanadi. Bu huquqiy normalar yaratishning o‘ta nufuzli turi bo‘lib, referendum natijalari davlat hokimiyat organlarining biron- bir tarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas. Referendum yo‘li bilan qabul qilingan hujjat mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining «Referendum to‘g‘risida»gi Qonunini 1-moddasi). U qat’iy irodaviy mazmunda- ga siyosiy-yuridik institutdir. Mohiyat-e’tibori bilan referendum davlatning u yoki bu qarorining xalq ovozi bilan tasdiqlanishi, shu orqali unga uzil-kesil va umummajburiy xususiyat baxsh etilishidir. Xalqning intilish va istaklari, man- 217 XI bob. Huquq ijodkorligi faat va irodasini aniqlash hamda qonun darajasiga ko‘tarishda referendum eng samarali usul hisoblanadi. «Xalq huquq ijodkorligi» tushunchasining butun mazmuni, barcha qir- ralari birgina «referendum» instituti orqali batafsil ochilmaydi. Xalqning bevosita huquq ijodkorligi ancha keng tushuncha bo‘lib, uning mazmuniga quyidagi voqeliklar ham kiradi: – xalqning huquq tashabbuskorligi; – huquqiy hujjat (qonun) loyihasining jamoatchilik (umumxalq) muho- kamasi; – huquqiy hujjatni, qonunni xalq ovoz berishi orqali qabul qilish (referendum). Demak, referendum xalq huquq ijodkorligining bir, yakuniy bosqichidir 1 . 2) Davlat organlarining huquq ijodkorligi. Bu huquq ijodkorligining asosiy, keng tarqalgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan turidir. Davlat organlari- ning vazifasi, vakolatlari hamda faoliyat yo‘nalishlari qonunda belgilab qo‘yiladi. Ana shu yuridik vakolatlar doirasida har bir davlat organi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ularning vakolatlari darajasi va ko‘lami normativ huj- jatlarning yuridik kuchini, o‘zaro mutanosiblik (iyerarxik) munosabatlarini belgilab beradi. Odatda, davlat organlarining huquqiy maqomini belgilovchi yuridik akt(hujjat)da (Konstitutsiya, qonun, farmon yoki nizomda) ular qan- day yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi belgilab qo‘yiladi. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko‘ra, Oliy Majlis – qonun qabul qiladi; 94-moddasiga ko‘ra, Prezident – farmon, qaror va farmoyish chiqaradi; 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis va Prezident hujjalari ijrosini ta’minlash uchun qaror va farmoyishlar chiqaradi. Konstitutsiyaning 15 va 16-moddalari esa, qonun ustuvorligi prinsipini mustah- kamlaydi. Bu moddalar mazmuni bilan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi o‘zaro bo‘ysunish va ustuvorlik munosabatlari aniq-ravshan belgilab qo‘yilgan. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling