Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


) Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

3) Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi. Avvalo, mansabdor 
shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim, chunki amaldagi qonunchilikda unga 
tegishli ta’rif berilmagan. Holbuki, mansabdor shaxs ֪– davlat hokimiyat yoki 
boshqaruv organida yoxud nodavlat tashkilotida muayyan lavozimni egallagan, 
unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va 
amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Nodavlat tashkilotlar (xo‘jalik, tijorat, ijodiy va hokazo) rahbarlarining 
huquqiy hujjat qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari mehnat
fuqarolik, moliya va boshqa sohalarga oid qonunchilik qoidalaridan kelib chiqa-

Qarang: Оdilqoriyev Х.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2011. 
– 237-bet.


218
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
di. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutil-
gan quyidagi mansabdorlik lavozimlarini sanab o‘tish mumkin: Prezident, Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, Bosh vazir, vazir, hokim, prokuror, 
sudya, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, korxona, muassasa, tashkilotlar rah-
barlari va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatimizdagi eng 
oliy mansabdor shaxs hisoblanadi.
Mansabdor shaxsning normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va 
uni qabul qilish bo‘yicha faoliyati huquq ijodkorligi hisoblanadi. Biroq, uning 
huquqni qo‘llash bilan bog‘liq xatti-harakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga 
kirmaydi.
Huquq ijodkorligi jarayoniga turli-tuman hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy omil-
lar (sotsial faktorlar) jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga 
solish ehtiyojini aniqlashga, huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga, qonunchilik 
hujjati loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga, pirovardida uning maz-
muniga u yoki bu tarzda ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir. Huquq-
ni yaratish va shakllantirish jarayoniga eng avvalo iqtisodiy (moddiy), siyosiy, 
ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois huquq yaratish 
jarayonida ijtimoiy omillar imkon qadar to‘la hisobga olinsa, yaratilayotgan 
qonunlar (huquqiy hujjatlar) jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga, 
taraqqiyot ehtiyojlariga shunchalik mos keladi, hayot bilan hamohang bo‘ladi
1
.
Ijtimoiy ahamiyatga molik muayyan normativ-huquqiy hujjatni yaratishda 
qonun chiqaruvchi organ, har qanday huquq ijodkorlik subyekti quyidagi vazi-
falarni bajarishi lozim bo‘ladi: 
– tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi zarurligini belgilovchi 
turli sotsial omillarni o‘rganish;
– huquqiy normalarni shakllantirish (loyihalashtirish) chog‘ida ijtimoiy 
va milliy qatlamlarning, sinflarning, butun jamiyatning turli-tuman manfaatla-
rini aniqlash va e’tibor bilan inobatga olish;
– tayyorlanayotgan huquqiy normalar loyihasini tarixan avval qabul 
qilingan analogik hujjatlar bilan va xorijiy davlatlarda bugungi kunda amal 
qilayotgan shunday huquqiy qoidalar bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish;
– zaruriyat taqozo etganda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning 
oqilona variantlarini aniqlash uchun ijtimoiy eksperiment yo huquqiy eksperi-
ment (tajriba) o‘tkazish;
– loyihalashtirilayotgan huquqiy normaning huquqiy tizimda amal qilayot-
gan boshqa normalar bilan o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirining xususiyatlarini, 
tabiatini aniqlash kabi qator harakatlarni amalga oshirish
2
.

Qarang: Оdilqoriyev Х.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 83-bet.

Batafsilroq qarang: Керимов Д.А. Культура и техника правотворчества. – М., 1991. – 23-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling