Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquq ijodkorligining demokratikligi.
Huquq
ijodkorligining prinsiplari 2-§. 221 XI bob. Huquq ijodkorligi ifodalashga ko‘maklashadi. Ushbu prinsip, shuningdek, qonunchilik hujjatla- rini yaratishda xalqning, bevosita xalq vakillari(deputat va senatorlar)ning, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqaro- larning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda keng ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi 1 . Huquq ijodkorligining demokratikligi. Demokratizm huquq ijodkor- ligida xalq irodasini aniqlash va qonunda ifoda etish darajasi bilangina tavsiflan- maydi. Bu, avvalo, huquqiy hujjatlar qabul qilishda, xususan, qonun chiqarishda xalqning ishtirokini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Demokratizm parlament va mahalliy xalq deputatlari kengashlari faoliyati jarayonida aks etadi. Referendum qonun qabul qilishning bevosita demokratik shakli ekanligini yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik. Shuningdek, demokratiyaning bevosita shakllariga o‘ta muhim nor- mativ-huquqiy hujjatlar loyihasining xalq muhokamasiga qo‘yilishi ham kiradi. Bunday muhokamalar chog‘ida mamlakat fuqarolari, jumladan, olimlar, mu- taxassislar loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildiradilar. Shu tariqa xalqning fikri, irodasi qonun chiqaruvchi organga ayon bo‘ladi va uni huquqiy normalar mazmunida to‘laqonli aks ettirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Binobarin, demokratiyaga intilish ijtimoiy taraqqiyotimizning bosh yo‘nalishidir. «Demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir... U hayo- timizning har bir soniyasiga singab ketmasa, turmushimizning ajralmas qis- miga aylanmasa, hamma shiorlar va ta’riflar mazmunsiz... so‘z o‘yini bo‘lib qolaveradi» 2 . Demokratik qadriyatlar, mezon va me’yorlar haqida so‘z borganda quyidagilarni qayd etish muhim ahamiyatga ega: «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir» 3 . Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling