Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Huquq ijodkorligining oshkoraligi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquq ijodkorligining oshkoraligi. Huquq ijodkorligi faoliyatining
natijasi bo‘lmish normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va maj- buriyatlari mustahkamlanadi. Shu sabab, normativ-huquqiy hujjat darhol o‘z ijrochilari e’tiboriga yetkazilishi zarur. Fuqarolar huquq normalari tomonidan o‘zlariga qo‘yilayotgan talablardan xabardor va hech bo‘lmasa, shunday bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Quyidagi yuridik prezumpsiya barcha- ga ayon: «qonunni bilmaslik hech kimni javobgarlikdan ozod qilmaydi»; «hech kim qonunni bilmasligini ro‘kach qilishi mumkin emas». Shunga ko‘ra, ya’ni ja- vobgarlikka tortishga ma’naviy huquqqa ega bo‘lish uchun davlat fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlab berishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasida juda muhim qoida mustahkamlangan: «Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir». Mazkur konstitutsiyaviy prinsip muhim demokratik mazmunga ega. Normativ-huquqiy hujjatni hayotga joriy etishdan avval u oshkora tarzda xalqqa yetkazilishi lozim. Huquqiy huj- jatlar fuqarolardan sir tutilishi, yashirin amalda bo‘lishi mumkin emas. Bu prinsipga xalqaro huquqda ham katta e’tibor beriladi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashi qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning 1989-yil 15-yanvardagi Vena uchrashuvi Yakuniy hujjatida shunday deyiladi: YeXHK qatnashchisi bo‘lgan davlatlar «shaxslarning o‘z huquq va burchlarini bilishga hamda ularga muvofiq harakat qilishga bo‘lgan huquqini samarali ta’minlash maqsadida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga oid qonunlar, ma’muriy qoi- da hamda tartibotlarni nashr etib, barchaga yetkazish majburiyatini oladilar». 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida / Rasmiy nashr. – T.: «Аdolat», 2017. – 4-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling