Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Qonun ijodkorlik (qonunni yaratish) jarayoni
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonun ijodkorligi jarayoni va bosqichlari 3-§. 225
Qonun ijodkorlik (qonunni yaratish) jarayoni – davlat oliy vakillik
organining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan, shuning- dek eskirgan qonunlarni bekor qilish borasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Qonunchilik jarayoni muayyan tartib, tashkillashganlik ifodasi sifatida mam- lakatda qonunchilik hokimiyatini amalga oshirish shakli hisoblanadi. Qonun- ning oliyligi, jamiyat hayotidagi ustuvor mavqei qonunchilik jarayonining ilmiy 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida / Rasmiy nashr. – T.: «Аdolat», 2017. – 4-bet. Qonun ijodkorligi jarayoni va bosqichlari 3-§. 225 XI bob. Huquq ijodkorligi va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Zero, qonun yaratish jarayonining mu- kammal tartibga solinganligi sifatli va talab darajasidagi qonunning vujudga kelishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Qonun ijodkorlik jarayonining ta’rifi ikki ma’noga ega: birinchidan, bu qonun loyihasining parlamentga kiritilishidan boshlab, u qabul qilingunga qa- dar davlat organlari tomonidan ro‘yobga chiqariladigan vakolatlar bo‘lsa; ik- kinchidan, qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etadigan turli subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi protsessual qoidalar ifodasi(shakli)dir. Qonunchilik jarayonining muhim xususiyati shundaki, uning mazmunini tashkil etuvchi harakatlar tartibi va ularni amalga oshirish tartibi konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo‘yiladi. Qonun ijodkorligida muayyan munosabatlarni huquq vositasida tartibga solish obyektiv zarurligini anglab yetish, shunga ijtimoiy ehtiyoj borligini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Qonun yaratishdan oldin jamiyatda shun- day qonun vujudga kelishga ehtiyoj bormi, degan savolga javob berish lozim. Qonun ishlab chiqishga kirishishdan avval mavjud ijtimoiy voqelik, hayot, muammoli vaziyat atroflicha o‘rganilishi talab etiladi. Bu borada ruminiyalik huquqshunos Anita Nashitsning fikri diqqatga sazovor. U huquq yaratishning birinchi bosqichida jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni anglash, psixologik va irodaviy omillarni baholash, huquqni shakllantiruvchi omillarni tahlil etish va shu asosda hukmron irodani ifodalash ro‘y beradi, deb ta’kidlaydi. Bu bosqich- da huquqni yaratish jarayoni o‘zining hayotga moslashuvchanligi bilan, turfa xilligi va dinamizmi bilan, qonunchilik sohasida tashabbus ko‘rsatishga imkon beruvchi tashkiliy shakllar miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. So‘ngra, huquqning ijtimoiy mansablari qonun yaratishning ikkinchi bosqichiga – huquqiy qarorni, ijobiy huquq normasini o‘rnatishga – o‘tilishini shart qilib qo‘yadi. Bu huquq normasini chiqarishga vakolatli bo‘lgan organlarning yuri- dik ahamiyatli faoliyati tufayli amalga oshadi 1 . Shunday qilib, u yoki bu qonunning yaratilishiga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish – qonunchilik jarayonining boshlang‘ich nuqtasidir. Bordi-yu, qonun- ga ehtiyoj bo‘lmasa, qonun chiqaruvchi «rejalashtirgan» huquqiy tartibga solish ro‘y bermaydi, qabul qilingan qonun ishlamaydi, u amaldagi huquqiy tizimga singishib ketolmaydi, pirovard natijada qonunning ijtimoiy obro‘sizlanishi kelib chiqadi. Qonun yaratish ehtiyoji ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari- ga muvofiq hayotning o‘zidan kelib chiqqani ma’qul. Masalan, bugungi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi tegishli huquqiy zamin vujudga 1 Qarang: А. Нашиц. Правотворчество: Теория и законодательная техника. М., Прогресс, 1974. – 136-bet. 15–18-8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling