Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

226
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
keltirilishini taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda so‘nggi 
vaqtlarda bir qator yangi qonunlar, jumladan, «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tad-
birkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to‘g‘risida», «O‘zbekistonda chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «O‘zbekistonda 
investitsiya to‘g‘risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti-
rish to‘g‘risida», «Bandlik to‘g‘risida», «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida», 
«Reklama to‘g‘risida», «Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish 
to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi va boshqa qo-
nunlar qabul qilindi.
Qonun ijodkorligi jarayoni, an’anaga ko‘ra, ushbu jarayonning turli 
bosqichlarida ishtirok etuvchi organlar o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlash 
ma’nosida talqin etiladi. Garchand, qonun chiqarish faoliyatida u yoki bu mus-
taqil subyektlar ishtirok etsalar-da, qonunchilik jarayoni asosan parlamentning 
qonun yaratish faoliyati tartibi bo‘lib qolaveradi.
Yuridik adabiyotlarda qonun ijodkorligi jarayoniga ma’no jihatidan yaqin 
turuvchi bir qator iboralar, ya’ni: 
«qonunchilik jarayoni», «qonun chiqarish 
jarayoni», «qonunchilik tartib-taomili» (zakonodatelnaya protsedura») kabi 
kategoriyalar keng qo‘llaniladi. Qonun chiqarish jarayonining mazmuni va 
bosqichlari asosan konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlansa, «qonunchilik 
tartib-taomili», odatda, parlament (uning palatalari) reglamentlarida, ichki ni-
zomlarida batafsil belgilab qo‘yiladi. Qonunchilik tartib-taomili deganda, qo-
nun loyihalarining parlament doirasida ko‘rib chiqilishi, muhokama etilishidan 
tortib to qabul qilinishi va kuchga kiritilishigacha bo‘lgan barcha xatti-harakat-
larni amalga oshirish tartibi (ketma-ketligi) tushuniladi. Qonunchilik protse-
durasi, – deydi professor M.N. Marchenko, – qonun loyihalarini tayyorlash 
va qabul qilish bilan bog‘liq yuridik mustahkamlangan qoidalarning bir butun 
majmuidan iborat
1
.
Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirib aytish mumkinki, qonun ijod-
korligi qonunlarni tayyorlash, muhokama qilish va qabul qilish bosqichlari va 
harakatlari bilan bog‘liq qonunchilik jarayonidir.
Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi 
besh bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) qonunchilik tashabbusi;
2) qonun loyihasini muhokama qilish;
3) qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
4) qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
5) qonunni imzolash va e’lon qilish.

Qarang: Марченко М.Н. Теория государства и права: учебник. – М.: «Проспект», 2008. – 
552-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling