Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

229
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
Ikkinchi bosqich – qonun loyihasini muhokama qilish. Qonun loyi-
hasini muhokama etish qonun yaratish jarayonining muhim bosqichidir. Bu 
bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasi taqdim etilib, u sessiya kun 
tartibiga kirgach boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev 
bu mavzuga e’tibor qaratib, «Qonunlarni qabul qilish jarayonida yangi tizim – 
aholi bilan muhokama qilish tizimini joriy etish lozim», – dedi. Ya’ni, «katta 
ahamiyatga ega, muhim qonun loyihalarini birinchi o‘qishda qabul qilgandan 
keyin ularni joylarda fuqarolar bilan keng muhokama qilish, ularning tak-
lif va mulohalarini e’tiborga olib, loyihalarni takomillashtirgan holda ikkinchi 
o‘qishga kiritish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi»
1
.
Qaror topgan an’anaga ko‘ra, qonun loyihasi ikki xil tarzda muhokama 
qilinadi: aksariyat hollarda, umumiy qoidaga binoan, parlament – O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida muhokama 
etiladi; mamlakat hayotining o‘ta muhim masalalarini tartibga solishga qa-
ratilgan qonunlarning loyihalari esa, keng xalq muhokamasiga chiqariladi. 
Barcha qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo‘yish majburiy qoida 
emas. Umumxalq muhokamalari so‘nggi yillarda qonunchilik tajribasida keng 
qo‘llanilayotgan demokratik institutdir.
Qonun loyihasi avval parlament muhokamasiga qo‘yiladimi yoki umumxalq 
muhokamasiga kiritiladimi, degan savolga aniq javob berish mushkul. Chunki 
parlament ba’zi loyihalarni avval o‘zi birinchi o‘qishda muhokama etib, zarur 
bo‘lsa, uni umumxalq muhokamasiga kiritish uchun matbuotda e’lon qilish 
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ba’zan esa, parlament loyihani umumxalq muho-
kamasiga chiqarib, muhokama yakunlarini aniqlaganidan keyingina uni o‘z 
muhokamasidan o‘tkazib, qabul qiladi. Har qanday holatda ham umumxalq 
muhokamasidan o‘tgan qonun loyihasi yana parlament muhokamasidan o‘tadi, 
aks holda loyiha qonun sifatida qabul qilinmaydi.
Umumxalq muhokamasi aslida qonun loyihasi yuzasidan xalq bilan 
bo‘ladigan bevosita kengashuv, maslahatlashuvdir. Qonun loyihalarini umum-
xalq muhokamasiga kiritish xalq ommasi tajribasini mujassamlashtirish, 
jamoatchilik fikrini aniqlash va qonunda xalq manfaatlari, xohish-irodasini 
to‘la-to‘kis aks ettirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat 
hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi. Bu qoida 
muhim qonun loyihalariga ham taalluqli. Umumxalq muhokamasini amalga 
oshirishning protsessual, tashkiliy jihatlari «Qonun loyihalarining umumxalq 
muhokamasi to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Gap qonun loyihasini xalq 

Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori 
va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak // Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling