Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

227
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
Mazkur bosqichlarga alohida-alohida to‘xtalamiz. 
Birinchi bosqich – qonunchilik tashabbusi. Qonunni yaratish ja-
rayoni, ya’ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat qonunchilik 
tashabbusi ro‘yobga chiqishidan boshlanadi.
Qonunchilik tashabbusi huquqi – Konstitutsiyada belgilangan vako-
latli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini 
yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni o‘zgartirish 
yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifning Oliy Majlis e’tiboriga taqdim 
etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib 
chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir. 
Mamlakatimiz Asosiy qonunida qonun chiqarish jarayonining alohida 
bosqichi hisoblangan qonunchilik tashabbusi huquqi o‘zining yuridik ifodasini 
topgan. E’tirof etish lozimki, qonunchilik tashabbusi Oliy Majlisda emas, balki 
faqat Qonunchilik palatasida ro‘yobga chiqariladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan qonunchilik tashabbusi huquqiga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik or-
gani orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazir-
lar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi
Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub-
yektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- 
ning Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi (Konstitutsiyaning 
83-moddasi).
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining qonunchilik 
tashabbusi huquqidan foydalanib, 2006-yilning 8-noyabrida Oliy Majlisning 
Qonunchilik palatasiga «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokrat-
lashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning ro-
lini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini kiritdi
1
. Ushbu 
qonun umumxalq muhokamasidan so‘ng qabul qilindi va 2007-yil 11-aprelda 
imzolandi. Shuningdek, 2008-yil 12-noyabrda Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «saylov to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika-
sining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun 
loyihasi kiritildi. U shu yilning 19-noyabrida Qonunchilik palatasi tomonidan 
qabul qilindi. 2008-yil 4-dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasi «Qonunchilik tashabbusi» deb nomlanib, 

Хalq so‘zi, 2006-yil 9-noyabr.

Хalq so‘zi, 2008-yil 5-dekabr.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling