Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
228
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi unda yuqoridagi konstitutsiyaviy norma quyidagi qoida bilan yanada aniq holga keltirilgan: «Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek budjet moddalari bo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda kiritilishi mumkin» (27-mod- daning 2-qismi). Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlarning qonun loyi- hasini parlamentga kiritishi va uni ko‘rib chiqish tartibi «O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunda belgilab berilgan. Xususan, mazkur Reglamentning 12-moddasida quyidagi qoidalar bayon etilgan: Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi- ga ega bo‘lgan subyektlar kiritadilar. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak: 1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushunti- rish xati; 2) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi; 3) o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb to- pilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati; 4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy- iqtisodiy asoslar; 5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar uni kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqining subyekti loyiha matnini o‘zgartirish yoki o‘zi kiritgan qonun loyihasini qaytarib olish huquqiga ega. Mamlakatimizda ikki palatali parlament tizimiga o‘tilgach, qonunchilik tashabbusini amalga oshirishning puxta huquqiy bazasi yaratildi. 2006-yilning 11-oktabrida O‘zbekiston Respublikasining «Qonun loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tar- tibi to‘g‘risida»gi Qonuni imzolanib, kuchga kiritildi. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning barcha yuridik va tashkiliy jihatlari mazkur qo- nunda batafsil belgilab berildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling