Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Normativ-huquqiy 
hujjatlarning 
vaqt, hudud 
va shaxslarga 
nisbatan amal 
qilishi
4-§.


236
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
– mazkur hujjat qanday ijtimoiy munosabatlarga tatbiq etiladi (harakat-
lanish mavzusi);
– normativ hujjat qachondan boshlab va qaysi vaqtgacha amal qiladi 
(vaqt bo‘yicha amal qilishi);
– u qaysi hududga o‘z ta’sirini o‘tkazadi (hududda, makonda amal qilishi);
– normativ hujjat kimlarga taalluqli (shaxslarga nisbatan amal qilishi).
Hujjatning amal qilish mavzusi. Normativ-huquqiy hujjatlar turli 
mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, ma’muriy qo-
nunchilik sohasidagi normativ hujjatlar davlat boshqaruvi bilan bog‘liq muno-
sabatlarni tartibga soladi; fuqaroviy qonunchilik hujjatlari mulkiy va mulkiy 
bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Bu sohalarga oid 
hujjatlarning hech biri o‘zgasining mavzusiga, ko‘lamiga oid munosabatlarni 
tartibga sola olmaydi.
Huquqiy tartibga solish mavzusini irodaviy-ijtimoiy munosabatlar tashkil 
etadi. Bu hol huquqiy hujjatlarning inson irodasi ishtirok etmaydigan hodisa 
yoki boshqa vaziyatlarga ta’sir etishini istisno qiladi. Bunday holatlar faqat 
yuridik faktlar sifatida maydonga chiqishi mumkin. Ya’ni, qonun bu faktlar 
tufayli kelib chiqadigan yuridik oqibatlarni belgilay oladi, ammo ularning maz-
muniga, ichki harakatiga ta’sir eta olmaydi. Shunday qilib, normativ-huquqiy 
hujjatlar muayyan turdagi va mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soladi.
Normativ hujjatlarning vaqt bo‘yicha amal qilishi qonun yoki 
boshqa huquqiy hujjatning yuridik kuchga kirish va uni yo‘qotish vaqtini 
anglatadi. Har bir davlatda qonun va boshqa normativ hujjatlarning mat-
buotda e’lon qilinishi va kuchga kirishi tartibi to‘g‘risidagi normalar amal 
qiladi.
O‘zbekistonda qonunlarni matbuotda e’lon qilish va yuridik kuchga kiritish 
tartibi maxsus qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati respublika organlarining 
huquqiy hujjatlari qabul qilinganidan (imzolanganidan) so‘ng o‘n kundan 
kechiktirmasdan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida nashr etiladi, ayni vaqtda 
radio va televideniye orqali e’lon qilinishi ham mumkin. Qonunlar O‘zbekiston 
Prezidentining imzosi bilan e’lon qilinadi. 
Qonunlar, Oliy Majlis palatalarining boshqa qarorlari «Axborotnoma» da 
nashr etilgandan so‘ng 10 kun o‘tgach, butun respublika hududida kuchga kiradi. 
Xuddi mana shu hujjatlar rasmiy matbuot organlari («Xalq so‘zi», «Narodnoye 
slovo», «Еrkin Qaraqalpaqstan» va «Vesti Karakalpakstana» gazetalari) da bosilib 
chiqqanidan keyin 10 kun o‘tgach yuridik kuchga kiradi. Normativ mazmunga 
ega bo‘lmagan hujjatlar ular qabul qilinib, matbuotda e’lon qilingan kundan 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling