Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
244
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yatimizning istiqbolli taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash barobarida bu boradagi muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini hamda saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, om- maviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Konsepsiyaning bosh maqsadi mus- taqillik yillari mobaynida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlarga tanqidiy baho berish hamda istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazi- falarni ilmiy-amaliy, nazariy jihatdan asoslashdan iborat. Konsepsiyada 21 ta yangi qonun, 5 ta yangi tahrirdagi qonun, 2 ta milliy dastur va amaldagi qonunlarga 25 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish, jami 50 dan ziyod qonunchilik tashabbusi ilgari surilgan. Ko‘rinib turibdiki, «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» Oliy Maj- lis palatalari qonun ijodkorlik faoliyatining qat’iy dasturulamali sifatida maz- kur faoliyatga yangicha ruh, ma’no-mazmun, jo‘shqinlik, izchillik va tizimlilik baxsh etdi. Eng muhimi, barcha qonunlarimizni demokratik fuqarolik jamiyati qurish ehtiyojlari va talablariga javob beradigan sifat hamda saviyaga ega bo‘lishiga ko‘maklashmoqda. Qonunchilik siyosatini shakllashtirishda O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti alohida o‘rin tutadi. Prezident davlat boshlig‘i sifatida o‘z farmon va qarorlari vositasida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotining barcha sohalariga oid huquqiy siyosat asosla- rini belgilab beradi. Shuningdek, u parlament minbaridan turib mam- lakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan qilgan ma’ruzalarida, parlamentga murojaatlarida, alohida konsepsiyalarida qonun ijodkorligi borasidagi siyosatning asosiy ustuvorliklarini ifoda etadi. Mustaqil taraqiyotimizning dastlabki davrlarida qonun ijodkorligida shun- day tajriba shakllandiki, masalan, qator muhim sohalar bo‘yicha, xususan, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, xususiy mulkchilikni rivojlanti- rishni rag‘batlantirish, bank va banklar faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozori va fond birjasini shakllantirish, birjalar va birja faoliyatini tashkil qilish, tadbirkor- lik faoliyatini rivojlantirish kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha dastlab Prezident farmonlari qabul qilindi. Tegishli huquqiy mexanizmlar hayot sinovidan o‘tib, ijtimoiy munosabatlar ruhiga singgach, shu masalalarga oid alohida-alohida qonunlar qabul qilingan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling