Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

240
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Jamiyat huquqiy rivojlanishining davr 
talablariga mos va tegishlicha yuksak savi-
yada bo‘lishi ko‘p jihatdan davlat hokimi-
yati yuritadigan 
huquqiy siyosatga bog‘liq. 
Davlat hokimiyatining irodasi – siyosiy iroda. Ushbu iroda qonun ijodkorligi 
faoliyatiga impuls (turtki) beradi, natijada o‘zi shaklan – qonun, mazmunan – 
huquq tarzida rasmiylashadi, yuridik ma’no kasb etib, siyosiy-huquqiy hodisaga 
aylanadi. Ma’lumki, davlat belgilaydigan maqsad, bajaradigan vazifalar, amal-
ga oshiradigan faoliyat siyosat sohasini tashkil etadi, boshqacha aytganda, 
ayni siyosatdir. Davlat faoliyati nihoyatda serqirra bo‘lganligi bois, u yurita-
digan siyosat bir qancha turlarda, masalan, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, 
madaniy-ma’rifiy siyosat, huquqiy siyosat kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasida adolatli demokratik davlatchilik qaror topayot-
gan vaziyatda huquqiy siyosat mavzusini, bunday siyosatni shakllantirish va 
amalga oshirishning fundamental masalalarini ilmiy tadqiq etish o‘ta dolzarb 
vazifadir. Chunki, mamlakatda yuritilayotgan huquqiy siyosatning mazmun-
mohiyatini chuqur anglab yetish huquqiy tizimni muvaffaqiyatli modernizatsiya 
qilish garovidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 
2015-yil 23-yanvardagi qo‘shma majlisida asosiy e’tibor qonun ijodkorligi va 
qonunchilik faoliyatining sifat-samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Unda 
qonun ijodkorligini amalga oshirishda yangi, zamonaviy faoliyat shakllarini 
joriy etish, qonunni qo‘llash amaliyotini muntazam o‘rganish, qonun loyihala-
rini davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish asosida 
muhokama qilish, tegishli xorijiy huquqiy amaliyotni tahlil qilish, qonunlarda 
ularning normalarini amalga oshirish mexanizmlarini puxta ishlab chiqish, qo-
nun ijodkorligida siyosiy partiyalar, ularning fraksiyalari va deputatlar faolligi 
hamda tashabbuskorligiga erishish, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazora-
tini yo‘lga qo‘yish, parlament palatalarining samarli hamkorligini ta’minlashga 
oid muhim vazifalar belgilandi
1
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh. Mirziyoev o‘zining 2017-yil 12-iyuldagi parlament palatalari qo‘shma 
majlisidagi ma’ruzasida shunday dedi: «Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, amal-
dagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas»
2
. Davlat boshlig‘i 
yana bir chiqishida ta’kidladiki, «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohot-
lar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabat-
1
Хalq so‘zi, 2015-yil 24-yanvar.

Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori 
va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak//Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling