Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
237
XI bob. Huquq ijodkorligi boshlab kuchga kiradi. Albatta, bu umumiy qoidadir. Biroq, qonun chiqaruvchi organ vaziyatga qarab boshqa muddatlarni belgilashi ham mumkin. Agar muayyan qonunni kuchga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorda boshqacha muddatlar belgilangan bo‘lsa, qonun nashr etilgach, yuqoridagi muddatda emas, balki parlament qarorida ko‘rsatilgan muddatda kuchga kiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgar- lik to‘g‘risidagi kodeksi 1994-yil 24-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiritilgan; O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 2007-yil 25-dekabrda qabul qilinib, 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiritilgan; Respublikaning Bojxona kodeksi 1997-yil 26-dekabrda qabul qilinib, 1998-yil 1-martdan kuchga kiritilgan. Odatda, kodekslar va boshqa katta hajmdagi qonunlar qabul qilingani- dan boshlab kuchga kirgunicha bir necha oy vaqt o‘tadi. Bunday muddat belgilanishiga sabab tegishli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni vujudga kelti- rish, tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish uchun vaqt va imkoniyat- ning zarur bo‘lishidir. Bu davr ichida qonunni hayotga joriy etish mexanizmi tarkibiga kiruvchi qonun osti hujjatlar (farmon, hukumat qarori, nizom va yo‘riqnomalar) ishlab chiqilib qabul qilinadi. Zarur bo‘lsa, tashkiliy-institutsional tuzilmalar tizimi vujudga keltiriladi va hokazo. Ba’zi normativ-huquqiy hujjatlar matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Bu haqda tegishli ko‘rsatma qonunni kuchga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan bo‘ladi. Amaliyotda qonunchilik hujjatlarini bosqichma-bosqich qabul qilib, shu zayilda kuchga kiritish hollari ham uchrab turadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismi 1995-yil 25-dekabrda qabul qilindi, Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi esa, 1996-yil 29-avgustda qabul qilinib, har ikkala qism 1997-yil 1-martdan boshlab kuchga kirdi. Prezident farmonlari- da ularni kuchga kiritishning turli shakllari qo‘llaniladi. Masalan, farmonlar matnida shunday qoidalar uchraydi: «Farmon imzolangan vaqtdan kuchga kiritilsin», «Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritil- sin», «Farmon qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiritilsin». Kuchga kiritishning bunday shakllari boshqa turdagi normativ-huquqiy hujjatlarga ham xosdir. Referendumda qabul qilingan qonunni e’lon qilish va kuchga kiritish tar- tibi «Referendum to‘grisida»gi qonunda belgilangan: «Referendum natijalarini referendum o‘tkazuvchi Markaziy Komissiya ovoz berish tugaganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasining aholisiga ma’lum qiladi. Referen- dum o‘tkazuvchi Markaziy Komissiyaning qarorlari ustidan bu qarorlar qabul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling