Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
224
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Huquq ijodkorligining eng yuqori da- rajada tashkillashgan, uyushgan va takomil- lashgan shakli qonun ijodkorligidir. Shu bois, uning tabiati va xususiyatlariga mufassalroq to‘xtalamiz. Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida vujudga keladi. Davlat amrining oliy ifodasi bo‘lmish qonun, hokimiyatning alohida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum yakun- lari va shu asosda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini bel- gilab berdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolat- larini amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi – Qonunchilik palatasi esa, o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olindi. Parlamentning jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, uning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan tubdan yaxshilash masalalariga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida alohida e’tibor qaratildi 1 . Qonun ijodkorligini izchil takomillashtirib borish jamiyatni modernizatsiya qilish sharoitida davlat qu- rilishining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling