Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

251
XII bob.
 Huquq 
normasi
«
Agar inson uyiga o‘t ketgan bo‘lsa, o‘tni o‘chirish uchun kelgan boshqa 
inson unga uy egasi mol-mulkiga ko‘z qo‘yib, uni olgan bo‘lsa, 
unda bu inson 
ushbu olovga tashlanishi kerak» (25-modda)
1
.
Xammurapi qonunlari qadimgi dunyo tarixiga mansub bo‘lishiga qara-
may, bugun ham o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Mazkur qonunlar qadimgi 
dunyo hayotida ijtimoiy me’yorlarni o‘rnatish va tartibsizliklarning oldini 
olishga qaratilgan bo‘lib, davlatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Shu bilan 
birga ushbu hujjat qadimgi davlatning rivojlanish darajasini tavsiflab beradi. 
Uni o‘rganish davomida Qadimgi Bobil ancha yuqori rivojlanish cho‘qqisiga 
ega bo‘lganligi va murakkab ijtimoiy munosabatlarni shakllantirganini, ularni 
huquqiy tartibga solganini kuzatish mumkin.
Yana bir misol. Rim huquqining noyob yodgorligi hisoblangan «XII jad-
val qonunlari» (mil.av. 451–450-y.y. 12 mis lavhaga o‘yib yozilgan) respublika 
shaklida boshqariladigan jamiyat ehtiyojlari uchun yaratilgan bo‘lsa-da, unda 
ham urug‘doshlik tuzumining urf-udumlari, an’anaviy ong ifodalari, odatlari 
ta’siri sezilib turadi. XII jadval qonunlarining manbalari 
odat huquqlari va Afina 
huquqi (Salon qonunlari – Mil.av. VI asr, Drakont qonunlari – mil.av. 611-y.) 
hisoblangan. XII jadval qonunlarining ayrim normalarini misol keltiramiz:
«Agar tungi o‘g‘irlik yoki qurol-yarog‘ vositasi bilan o‘g‘irlikda ayb-
dor kimsa qo‘lga tushsa, unda u o‘sha joyda o‘ldirilishi lozim» (VIII jadval, 
11-12-bandlari).
«Agar odamning badaniga va boshiga shikast yetkazsa, qo‘l bilan yoki 
tayoq bilan urib qo‘l yo oyog‘ini sindirsa, unda aybdorga ozod kishi jabrlangan 
bo‘lsa – 300 ass, qulga ana shunday zarar yetkazilsa – 150 ass
2
miqdorida 
jarima solinadi».
Yolg‘on guvohlik berganlik uchun qonun juda qattiq jazoni – Tarpey 
qoyasidan uloqtirib yuborish bilan qatl etishni nazarda tutgan (VIII jadval, 
23-band). Sudsiz biron-bir ozod kishini hayotidan mahrum qilish taqiqlangan 
(XI jadval 6-band)
3
.
Hozirgi jamiyatda huquq normasi huquq tizimining birlamchi tarkibiy 
elementi hisoblanadi. Ma’lumki, obyektiv huquq o‘z ichki tuzilishiga egadir. 
Huquq tizimi yaxlit bir vujud (organizm) sifatida o‘z tarkibiga huquq tarmoqlari
huquq institutlari va huquq normalarini qamrab oladi. Bordi-yu, huquqni, 
huquq tizimini bir bino deb qaraydigan bo‘lsak, huquq normasi uning dast-

Хammurapi qonunlari(kodeksi)ning asl nusхasi hozirgi kunda Parij (Luvr) muzeyida saqlanmoqda. 
(Qadimiy huquqiy yodgorliklar: Хammurapi qonunlari. Doro I ning Behistun qoyalaridagi yozuvlari. Tarjima 
asar. / Mas’ul muharrir prof. Х.T. Оdilqoriyev. – T., 2015. – 20-bet.
2
Аss – kumush tanga.

Qarang: Хрестоматия по истории государства и права зарубежных стран. – М., 1984. – 51-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling