Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

259
XII bob.
 Huquq 
normasi
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari variantlari ko‘rsatiladi. Masalan, 
Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston 
Respublikasiga kirish yoxud chegaradan noqonuniy o‘tganlik uchun javobgar-
lik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi – hukumatning ruxsati-
siz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoki buning uchun belgilangan chegara 
punkti orqali o‘tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o‘tishning taqiqlanganli-
gidir. Dispozitsiya shu xulq-atvor qoidasining o‘zi, yuridik normaning o‘zagi, 
mag‘zidir. Ammo, huquq normasi faqat birgina dispozitsiyaning o‘zidan iborat 
bo‘la olmaydi. Faqat gipoteza va sanksiya birlikda dispozitsiya atrofida jamlan-
gandagina dispozitsiya hayotiy kuchga ega bo‘ladi va o‘zining tartibga soluvchi 
xususiyatlarini namoyon qiladi. Dispozitsiya – bu huquqiy xatti-harakat 
modelidir.
Dispozitsiyada huquq normasining gipotezasida ko‘rsatilgan holatlar 
mavjud bo‘lganda huquq subyektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan qoida ifo-
dalanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga 
muvofiq, «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida 
g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar» – bunda, gipotezada ko‘rsatilgan holatlar, 
ya’ni farzandlarning voyaga yetishi va mehnatga layoqatli bo‘lishi hollarining 
mavjudligi dispozitsiyaning amal qilishiga sharoit tug‘diradi, ya’ni farzandlarda 
o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini vujudga keltiradi.
Bajarilishi shart bo‘lgan yoki aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidala-
rini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha dispozitsiyalar – 
oddiy, tavsif etuvchi, 
blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi. Oddiy dispozitsiyada 
xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum tushuncha, ibora, 
(masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi «qasddan odam o‘ldirish») yordami-
da ta’riflanadi. Bu kabi dispozitsiyalarda izoh va sharh talab etilmaydi, ammo 
ular qonunchiligimizda juda kam uchraydi. 
Tavsif etuvchi dispozitsiya – huquqbuzarlik belgilarining to‘liq bayonini 
o‘z ichiga oladi (masalan, JKning 169-moddasi: o‘g‘rilik – o‘zgalar mulkini yashi-
rin ravishda egallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan o‘rinli bo‘lmasa-da, 
talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushu-
narli bo‘lishi uchun ma’lum bir ma’noda, qisqa shaklda bayon etiladi.
Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu 
qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli 
qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yong‘in xavfsizligi, texni-
ka xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa 
qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning 
mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo‘llashda muro-
jaat qilish zarur bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. «Blanket» 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling