Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Tezkor (operativ) normalar
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kollizion normalar.
- Definitiv (ta’rif) normalar
Tezkor (operativ) normalar. Ular yordamida huquq tizimining es-
kirgan, mavjud ijtimoiy hayot talablariga javob bermay qolgan normalari chiqarib tashlanib, yangilari joriy qilinadi yoki tegishli qo‘shimchalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida»gi 2003, 2007, 2008, 2011, 2014 va 2017-yillardagi Qonun normalari shular jumlasidandir. Kollizion normalar. Ularda biron-bir holat bir emas, bin necha huquqiy normalar ta’siriga tushib qolishi mumkin va bu holda o‘sha normalar o‘rtasida nizo – «to‘qnashuv» sodir bo‘ladi, bu holatni hal etish uchun kollizion normalar qabul qilinadi. Mohiyatan olganda, kollizion norma chet el huquqini muayyan 266 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi milliy yurisdiksiya doirasida qo‘llanishiga ruxsat beradi. Shunga ko‘ra, kollizion normalar «bir tarafdan davlatlarning huquq-tartibotidagi mavjud tafovutlar va xilma-xillikni, ikkinchi tarafdan esa, davlatlarning milliy huquqiy tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aks ettiradi». Jumladan, O‘zbekiston Respub- likasi Fuqarolik kodeksining 71-bobidagi ko‘pchilik huquq normalari kollizion xarakterga ega. Ziddiyatli vaziyatlarni hal etganligi bois kollizion normalar «hakam-nor- ma» deb yuritiladi. Masalan, bironta munosabat qonun normasi va hukumat qarori bilan turlicha tartibga solinadigan bo‘lsa, u holda ushbu munosabat yuri- dik kuchi yuqori bo‘lgan norma, ya’ni qonun normasi bilan tartibga solinadi. Definitiv (ta’rif) normalar – ular huquqiy kategoriya va tushuncha- larning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Bulardan masalan, jinoyat qo- nunida – jinoyat ta’rifi, ma’muriy qonunda – ma’muriy huquqbuzarlik harakati ta’rifi, fuqarolik qonunida – bitimlarning ayrim turlari ta’rifi va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Definitiv normalar qonunchilikdagi biron-bir normaning mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan bo‘ladi. Definitiv normalar huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 34-moddasida residiv jinoyatning mohiyati, ta’rifi ochib berilgan. Definitiv normalar, asosan evristik va yo‘nalish beruvchi funksiyalarni bajaradi. Huquq normalarini huquqiy tartibga solish predmeti bo‘yicha (huquq so- halari bo‘yicha): konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, yer, fuqarolik, mehnat, jinoyat huquqi va boshqa soha normalariga bo‘lish mumkin. Ma’lum bir ijti- moiy munosabatlarning sifat jihatidan bir xilligi va nisbiy mustaqilligi ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning maxsusligi va ma’lum darajada o‘ziga xosligining shartidir, bular jamlangan holda muayyan huquq sohasini tashkil etadi. Huquq normalarini moddiy va protsessual huquq normalariga ajratish ham keng tarqalgan. Huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari mazmuni- ni aniqlab beruvchi normalar moddiy huquq normalari guruhiga qo‘shiladi. Moddiy huquq normalari huquq subyektlarining huquq va burchlari, ularning huquqiy holati, huquqiy tartibga solish doirasini mustahkamlaydi. Boshqacha aytganda, ular huquq subyektiga unga qanday huquq berilishi va undan nima talab qilinishini ko‘rsatib beradi. Huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish, ijro etishning tartibini, buzilgan huquqni tiklash jarayonini belgilovchi normalar esa, protses- sual normalar deyiladi. Masalan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy mu- nosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan bo‘lsa (ya’ni, moddiy normalar), buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararni qoplashga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling