Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
imperativ va dispozitiv
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dispozitiv normalar
imperativ
va dispozitiv normalar guruhiga bo‘lish mumkin. Imperativ normalar dav- lat amri xususiyatiga ega bo‘lib, xatti-harakat subyektiga belgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko‘pgina jinoiy-huquqiy va ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir. Imperativ normalar qat’iy- majburiy ahamiyatga ega bo‘lib, hokimiyat munosabatlarini, ya’ni bo‘ysunish va itoat etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi (masalan, JKning Maxsus qismi normalari imperativ ahamiyatga ega). Masalan, Jinoyat kodeksining 44-moddasida mustahkamlangan huquq normasi mazmuniga muvofiq, jinoiy jarimaning eng, minimal miqdori eng kam oylik ish haqining 5 baravarini, maksimal miqdori esa, 600 baravarini tashkil etadi. Sudya jarima jazosini tayinlashda ushbu imperativ norma asosida belgilangan miqdorlar doirasidan chetga chiqolmaydi. Dispozitiv normalar imperativ normalardan farqli o‘laroq, munosabat qatnashchilariga o‘z xatti-harakatlari variantlari, subyektiv huquq va majburi- yatlar hajmi to‘g‘risida kelishib olish imkonini ifodalaydi. Dispozotiv normalar – xulq-atvor varianti haqida ko‘rsatma berish bilan birga subyektlarga qonuniy vositalar doirasidagi munosabatlarni o‘z xohishicha tartibga solish imkonini beradi. Bunday keng huquqiy mustaqillikning (mu- nosabat qatnashchilariga beriladigan) mohiyati shundaki, bunda tomonlarga 269 XII bob. Huquq normasi o‘zaro huquq va majburiyatlar haqida kelishib olish imkoni beriladi, u holat yuz bermagan taqdirda, ma’lum bir majburiy xulq-atvor qoidasi qo‘llaniladi. Bu dispozitiv normalar bayon qilinishining o‘ziga xosligini ham shart qilib qo‘yadi. Bu turdagi ma’lum bir xulq-atvor qoidasining bayoni, odatda, quyidagi so‘zlar bilan «agar boshqa qonunda yo shartnomada ko‘zda tutilmagan, belgi- lanmagan bo‘lsa...», deb ifodalanadi. Dispozitiv normalar huquqning ko‘pgina sohalarida mavjud. Masalan, mehnat huquqida o‘rnatilgan normaga ko‘ra: agar mehnat shartnomasi tuga- ganidan keyin ham mehnat munosabatlari davom etayotgan va tomonlardan birortasi uni to‘xtatishni talab qilmagan bo‘lsa, bu holda shartnoma harakati noma’lum muddatga uzaytirilgan hisoblanadi. Dispozitiv normalar ko‘proq fuqarolik huquqiga xosdir, chunki bu sohani huquqiy tartibga solish uslubi sub- yektlarning tengligi tamoyiliga asoslanadi. Masalan, Oila kodeksining 73-mod- dasida ifodalangan huquq normasi mazmuniga e’tibor bersak, u ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi, kamoloti haqida qayg‘urishi zarurligini belgilaydi, ya’ni ota-onalar farzand voyaga yetgunga qadar ular haqda g‘amxo‘rlik qilish- lari, ularga ta’lim-tarbiya berishlari shart. Biroq, ushbu huquq normasi ta’lim- tarbiyaning qandaydir usullaridan foydalanishlikni teng ravishda ota-onalar ix- tiyoriga topshirmoqda. Bunda ota-onalar o‘z farzandlari uchun ma’qul topgan ta’lim-tarbiyaning muayyan usullaridan foydalanishlari mumkin. Shunday qilib, huquqiy (yuridik) normalarni tasniflash huquqiy tartibga solishni amalga oshirish va takomillashtirishda ularning boy salohiyati va turli- tuman imkoniyatlarini aniqlash hamda amaliyotda foydalanishga ko‘maklashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling