Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
umumiy amal qiluvchi,
mahalliy miqyosda amal qiluvchi va lokal normalarga bo‘linadi. Bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa (masalan, Konstitutsiya norma- lari), ikkinchisi – ma’lum hududlarda amal qilishi mumkin, masalan, ekologik talafot hududlarida, baland tog‘li sharoitda, cho‘l zonasida, radiaktiv xavf mavjud zonalarda, uchinchisi – muayyan soha vakillarining faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi normalar (masalan, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar vazirligi tizimi bilan bog‘liq) va hokazo. Huquq normalari subyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga bo‘linadi, bunda birinchisi hamma huquq subyektlari uchun taalluqqli bo‘lsa, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi uchun, yoki aniq belgilangan doi- radagi subyektlar, jumladan pensionerlar, nogironlar, soliq idorasi xodimlariga 268 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi taalluqli bo‘ladi. Umumiy va maxsus huquq normalari bir-biridan umumiylik darajasi va harakat doirasi bilan farq qiladi. Umumiy normalar, odatda, u yoki bu huquq sohasining barcha huquqiy institutlarini (jinoyat huquqining shartli hukm qilish haqidagi, hukm ijrosini kechiktirish, fuqarolik huquqining da’vo muddati, shartnomalar haqidagi institutlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu normalar huquq sohasining umumiy qismiga jamlanadi va tarmoq obyektlarini tartibga soladi. Ulardan farq qilib maxsus normalar u yoki bu huquq sohasi manbalarining institutlariga tegishli bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning xususi- yatlarini hisobga olgan holda ularning ma’lum bir turini tartibga soladi. Max- sus normalar umumiy ko‘rsatmalarni batafsil holga keltiradi, ularni amalda tatbiq etishning zamon va makondagi shartlarini muayyanlashtiradi, shaxs- ning xulq-atvoriga huquqiy ta’sir etishga qaratilgan bo‘ladi. Shu tufayli, ular huquqning umumiy normalari beto‘xtov va izchil tatbiq etilishini ta’minlaydi. Maxsus normalar yig‘indisi u yoki bu huquqiy sohaning maxsus qismini tash- kil etadi. Maxsus normalarga quyidagilar misol bo‘ladi: oldi-sotdi, hadya, pudrat, kapital qurilish va fuqorolik huquqining boshqa bitimlari haqidagi normalar; jinoyat huquqida – bezorilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik va hokazo jinoyat tarkiblari uchun belgilangan javobgarlik haqidagi normalar. Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling