Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
267
XII bob. Huquq normasi oid normalar (ya’ni, protsessual normalar) Fuqarolik-protsessual kodeksida mustahkamlangan bo‘ladi. Protsessual huquqiy normalar tashkiliy munosabatlarni tartibga soladi, hamda sof tashkiliy, rasmiy, boshqaruv xususiyatiga ega. Ular doimo moddiy huquq normalari tartibi, shakllari va tatbiq qilish usullarini belgilaydi. Protses- sual normalar ikkilamchi xususiyat kasb etadi. Protsessual huquqiy normalar hamma vaqt ham alohida sohalarda jamlanavermaydi. Bu hol sodir bo‘lgan taqdirda ham, u huquq sohasining ma’lum bir rivojlanish bosqichida bo‘ladi, ya’ni muvaqqat bo‘ladi. Protsessual normalar o‘ziga xos huquqiy kompleksni hosil qilib, huquq sohasining ma’lum bir bo‘linishi tashkil etilishidan vujudga keladi. Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab, abstrakt (mavhum, umumiy) va kazuistik (nisbatan konkret) norma- lar farqlanadi. Muayyan bir munosabat turini yaxlit holda tartibga soladigan normalar abstrakt (mavhum) normalar hisoblanadi. Bir munosabat turining muayyan bir qismini tartibga soladigan normalarni esa, kazuistik normalar, deb yuritiladi. Masalan, Konstitutsiyaning «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan 1-bo‘limi normalari abstrakt, umumiy tabiatga ega, Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va siyosiy tuzumining asoslari umumiy tarzda mustah- kamlangan. Keyingi bo‘limlarda esa asosiy qoidalar yanada aniqroq ifodalanib, ularga batafsil to‘xtalib o‘tilgan: masalan, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (2-bo‘lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (5-bo‘lim) va hokazo. Huquq normalari, shuningdek, asosiy (dastlabki) va hosila normalarga bo‘linadi, birinchisida umumiy xarakterga ega bo‘lgan qoidalar mustahkamlansa, (masalan, qonun normalari), ikkinchisida esa, umu- miy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalar mustahkamlanadi (masalan, qonunosti normativ hujjatlarning normalari qonun normalarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi). Huquq normalari amal qilish hududiga qarab, Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling