Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

258
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
sharoit va mavjud vaziyatni ko‘rsatadi, ya’ni huquq normasida belgilangan xat-
ti-harakat qanday sharoitlarda bajarilishi mumkin va lozimligini bildiradi. Gipo-
tezada huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda 
kim tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Gipoteza huquqiy normaning bir 
qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun 
zarur bo‘lgan aniq hayotiy holatlar (voqea, harakat, hodisalar), shart-sharoitlar 
o‘z ifodasini topadi. Masalan, fuqarolik huquqi normasi fuqarolarning muomala 
layoqati qaysi holda to‘la vujudga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida «Fuqaroning to‘liq muomala 
layoqati u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga yetgach, to‘la hajmda vujudga 
keladi», degan qoida mustahkamlangan. Yana bir misol: O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 66-moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli 
farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar», deb qayd 
etilgan. Birinchi misolda qonunlarning «voyaga yetgan», ikkinchi misolda esa, 
«voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar» deyilgan qismi ushbu huquq 
normalarining gipotezasidir, ya’ni «Qachon? Qay holatlarda qo‘llaniladi?» de-
gan savolga javob ifodalangan. Normaning gipotezasida mustahkamlangan 
abstrakt ifodalangan har bir vaziyat xulq-atvor qoidasiga «hayotbaxsh» ta’sir 
etib, uni alohida darajaga ko‘taradi. Boshqacha aytganda, gipoteza yuridik nor-
mani harakatga keltirish sharti va omilidir.
Huquq normasining tarkibiy tuzilishi elementi sifatida gipoteza 
oddiy, 
murakkab va alternativ (muqobil) turlarga bo‘linadi. Agar gipotezada biron-
bir holatning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko‘rsatilishi yuridik nor-
maning harakati bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bunday gipoteza 
oddiy gipoteza 
deb ataladi. Masalan, «Fuqarolik to‘g‘risida» gi qonunda bayon etilganidek
«Bola, agar uning ota-onasi u tug‘ilishi paytida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 
bo‘lsalar (gipoteza), bola qayerda tug‘ilishidan qat’i nazar, O‘zbekiston fuqarosi 
bo‘ladi».
Agar gipoteza huquq normasining harakatini bir vaqtning o‘zida ikki 
yoki undan ko‘proq holatlarning bor-yo‘qligiga bog‘liq qilib qo‘ysa, u 
murakkab 
gipoteza deb ataladi.
Yuqorida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunda bayon qilingan gipoteza aynan 
shundaydir: «O‘zbekiston hududida tug‘ilgan bola (birinchi holat), fuqarolikka 
ega bo‘lgan shaxslardan tug‘ilgan bo‘lsa (ikkinchi holat), u O‘zbekiston fuqa-
rosi bo‘ladi».
Yuridik normaning harakati qonunda sanab o‘tilgan bir necha holatlardan 
biriga (u yoki bunisiga) bog‘liq bo‘lsa, unda 
alternativ gipoteza deyiladi.
Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy elementi bo‘lib, 
unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling