Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

262
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
qilish eng og‘ir jinoyatdir», degan mazmundagi huquqiy qoida mustahkam-
langan. Bu normada insonni hayotdan mahrum etganlik uchun qanday jazo 
berilishi ko‘rsatilmagan. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
97-moddasida qasddan odam o‘ldirganlik uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Ayni paytda, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning 
maxsus qismi, ya’ni huquqbuzarliklar ko‘rsatilgan qismida joylashgan mod-
dalar asosan dispozitsiya va sanksiyadan iborat (Jinoyat kodeksi va Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning maxsus qismi normalariga qarang), 
ularning gipotezasi mazkur kodekslarning umumiy qismida, ayrim hollarda 
boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, JKning 
97-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning subyekti jinoyat qonunchiligida belgi-
langan yoshga yetgan, aqli raso, mazkur jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs 
bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar JKning Umumiy qismida ko‘rsatib o‘tilgan. Shun-
day qilib, huquq normasining strukturasi – bu uning o‘zaro mazmunan uzviy 
bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ichki tuzilishidir.
 
Huquq normalarining ilmiy va o‘quv 
adabiyotida turlicha tasniflari va guruh-
lanishlari mavjud. Tasniflash deganda, 
mantiqan o‘rganilayotgan obyektlarni tur-
lar bo‘yicha ma’lum bir umumiy mezonlar asosida guruhlarga ajratish tu-
shuniladi. Tasniflashning to‘g‘ri va to‘laroq bo‘lishi, avvalo, unga asos qilib 
olingan mezonning boshqa barcha belgilarini qayd etuvchi uning eng aha-
miyatli jihatiga bog‘liqdir. Yuridik normalarni tasniflashning to‘rtta mezo-
ni mavjud: 1) ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyalari;
2) huquqiy tartibga solish predmeti; 3) huquqiy tartibga solish metodi; 
4) normani ifodalash shakli.
Huquq normalari huquqiy tartibga solish mexanizmidagi funksional vazifasi-
ga ko‘ra, boshlang‘ich normalar va qoida – normalarga bo‘linadi. Boshlang‘ich, 
ta’sis etuvchi, yo‘nalish beruvchi normalar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy 
tartibga solishning maqsadini, vazifalarini, prinsiplari, yo‘nalishi va chega-
ralarini aniqlab beruvchi asos hisoblanadi. Demak, bunday normalar qatoriga 
Konstitutsiyada mustahkamlanadigan mamlakat iqtisodiyoti va davlat siyosati 
asoslarini, inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolik jamiyati asoslarini ifodalovchi 
normalar kiradi; shuningdek, huquq sohalari asoslarini belgilovchi 
prinsip-
normalar, yo‘nalish va vazifalarni ifodalovchi maqsad-normalar, huquqiy 
tushuncha va kategoriyalarni belgilovchi 
ta’rif-normalar kiradi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling