Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
441
XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom ganlar, ijtimoiy birliklar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunlarga bir xilda rioya etishlari va ularni aniq bajarishlari majburiyati yotadi 1 . Qonuniylik prinsipi xususida olimlarning qarashlari turlicha bo‘lsa-da, ular bildirgan fikrlar aslida bir xilligi ko‘rinib turibdi. Shundan kelib chiqqan holda, qonuniylik prinsipini quyidagicha ta’riflash mumkin: Qonuniylik – huquq subyektlarining amaldagi qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilishlarini anglatuvchi, huquqiy demokratik davlatning mohiyatiga xos rahbariy g‘oyadir. Qonuniylik amalda o‘z ifodasini topgandagina, huquqiy qadriyat darajasiga ko‘tariladi. O‘z navbatida, huquqning qadriyat tarzida e’tirof etilishida qonuniy- lik prinsipi muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy tartibotning yagonaligi prinsipiga ko‘ra mamlakatning butun hududida yagona huquqiy muhit, huquqiy tartib o‘rnatiladi, mazkur huquqiy tartibotga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa tarzdagi tartib o‘rnatish qat’iyan man etiladi. Ierarxiyaga asoslanganligi – huquqiy tartibotni amalga oshirishda ijti- moiy munosabatlar ishtirokchilari normativ-huquqiy hujjatlarning pog‘onama- pog‘ona joylashganligi prinsipiga rioya etishini anglatadi. Adolatlilik – huquqiy tartibotning asosiy prinsipi hisoblanadi. Jamiyat- da o‘rnatilgan huquqiy tartibot adolat g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim, shundagina jamiyat a’zolari bunday huquqiy tartibotga ixtiyoriy rioya qilishlari mumkin. Huquqiy tartibotning jamiyat barcha a’zolari uchun maqbul bo‘lishi talab etiladi. Huquqiy tartibotning kafolatlanganligi – jamiyatda o‘rnatilgan har qanday huquqiy tartib davlatning tashkilotchilik faoliyati va majburlov kuchi bilan ta’minlanadi. Huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Sud, prokuratura va ichki ishlar organlari o‘zlarining kundalik faoliyatida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarini amalga oshiradilar va shu yo‘l bilan jamiyatda huquqiy tartibot o‘rnatadilar. Huquqiy tartibotning normativligi – jamiyatda mavjud ijtimoiy mu- nosabatlarning amalga oshishi hammaga birdek majburiy bo‘lgan huquqiy normalar orqali tartibga solinadi; huquqiy munosabat subyektlari va ularning subyektiv huquq va yuridik majburiyatlari doirasi hamda huquqiy munosa- batlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlar qonun bilan belgilanadi; huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakatlari aniqlashtiriladi. 1 Qаrаng: Байтин М.И. Принцип всеобщего равенства перед законом и судом в свете концепции единства естественного и позитивного права // Государство и право. – 2005. – № 8. – 101-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling