Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
443
XXI bob. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Intizom – harbiy qismda ichki tartibga bo‘ysunish, barcha harbiy xizmatchilar tomonidan kun tartibiga qat’iy rioya qilish; – jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiy tarkib- ni qamrab olishi. Harbiy intizom qo‘mondonlarning o‘z qo‘l ostidagilarga kundalik talab- chanligi, xizmatchilarning ijro intizomini nazorat qilish, harbiy xizmatchilarning sha’nini hurmat qilish va bu haqda doimo g‘amxo‘rlik, ishontirish, majburlash, jamoatchilik ta’sirini oqilona uyg‘unlashtirish va o‘rinli qo‘llash kabi omillarga tayangan holda amalga oshiriladi. Mehnat intizomi deganda, mehnat jamoalarining, har bir xodimning mehnatga munosabati, xatti-harakatlarining belgilangan tartibi tushuniladi. Mehnat intizomi korxona (muassasa, tashkilot) rahbariyati tomonidan o‘rnatiladi va unga barcha xodimlarning rioya etishi majburiydir. O‘rnatilgan intizomning buzilishi xodimlarni tanbeh, hayfsan hamda mehnat shartnoma- sini bekor qilish kabi intizomiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Demak, intizom qonuniylik, huquqiy tartibot va jamoat tartibining uzviy, tarkibiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Jamiyat a’zolarining alohida guruhlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot, korxona, harbiy qismlar va boshqalarda intizomning o‘rnatilishi, butun jamiyatda qonuniylik, huquqiy tartibot va jamoat tartibining o‘rnatilishiga ko‘maklashadi. Shunday qilib, muayyan davlat va jamiyat taraqqiyoti inson va fuqa- rolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi, qo- nuniylik talablarining qat’iy ravishda bajarilishi, jamiyatda huquqiy tartibot va jamoat tartibining qaror topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 444 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Mustahkam qonuniylik va barqaror hu- quqiy tartibotni ta’minlash har qanday jami- yat va davlatning diqqat-e’tibori markazida turgan masaladir. Yangi jamiyat barpo etish- ga yo‘naltirilgan jo‘shqin islohotlar va moder- nizatsiyalash sharoitida keng ko‘lamli huquq ijodkorligi, shu jumladan qonun chiqarish faoliyati amalga oshirilmoqda. Buning natijasida huquqning barcha tarmoqlari bo‘yicha nihoyatda katta hajmdagi norma- tiv-huquqiy hujjatlar majmui vujudga keladi. Boshqacha aytganda, o‘ta murakkab, ko‘p tarmoqli qonunchilik tizimi qaror topadi. Shiddat bilan rivojlanib, tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojlariga javob tarzida yaratilayotgan normativ hujjatlar va ularda mustahkamlangan huquqiy qoidalar o‘rtasida ba’zan nomutanosibliklar, noaniqliklar, kelishmovchiliklar, hatto qarama-qarshiliklar (ixtilof, ziddiyat, kolliziyalar) uchrashi tabiiy. Qolaversa, so‘nggi yillarda huquqni talqin etishda sotsiologik yo‘nalish us- tuvor mavqega ega bo‘lib bormoqda. Sotsiologik yondashuv nafaqat huquqning kelib chiqish sabablarini, jamiyat hayotida adolat va tenglikni ta’minlashda o‘ynaydigan ijobiy rolini, balki uning kamchiliklarini, salbiy jihatlarini salmoqli empirik asosga tayangan holda xolisona ochish imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalar- ni sotsiologik tahlil etish vositasida ularning barcha jihatlarini kompleks tarzda aniqlash mumkin. Sotsiologiyaning maqsadi barcha ijtimoiy hodisalar kabi huquqning jamiyat hayotidagi ahamiyatini, unga batartiblik, barqarorlik, uyush- qoqlik baxsh etuvchi qadriyat ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Ogyust Kontning e’tiroficha, tartib va barqarorlik jamiyat borlig‘ining namoyon bo‘lishidir. Dyurk- geym esa, sotsiologiyaning asosiy xizmatini jamiyatning qadriyatli normativ sistemalarini tahlil qilish va tadqiq etishning metodlarini ishlab chiqishda, deb bildi 1 . Sotsiologiya jamiyat va huquq amal qilishidagi ziddiyatlar, kamchiliklar va salbiy hodisalarni aniqlashga yordam beradi. Yuridik ziddiyatlar, o‘z yechimini topmay qolayotgan muammolar hamda kamchiliklarning ko‘lami «yuridik kolliziya» va «yuridik konflikt» kategori- 1 Qаrаng: Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt. – T., 2004. – 374-bet. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling