Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
447
XXII bob. Yuridik ixtilof (kolliziya) o‘n olti yoshdagi va undan katta o‘quvchilar o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qishni tugatgunlaricha, lekin o‘n sakkiz yoshga qadar bo‘lgan davrda, zararni undirish huquqiga egadirlar, deb belgilangan. Bu ikki yuridik norma o‘rtasida ziddiyat mavjud: 1009-modda zarar un- dirish yoshi chegarasini yigirma uch yoshgacha, 192-modda – 18 yoshgacha, deb belgilagan. Ushbu nomuvofiqlik (kolliziya) ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqib, 2008-yil 21-oktabrda matbuotda o‘z xulosasini e’lon qilgan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi boquvchining o‘limi munosabati bilan zararni to‘lash tartibini belgilovchi normalaridagi mazkur farq ushbu normalarning amaliyotda qo‘llanilishida jiddiy qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi maz- kur ixtilofli ishni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 192-moddasining normalarini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasining normalariga muvofiqlashtirish lozim, degan xulosaga keldi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga asoslangan holda Mehnat kodeksining 192-moddasiga o‘quvning kunduzgi shaklida ta’lim olayotgan shaxslarning ular 23 yoshga yetgunga qadar boquvchining o‘limi munosabati bilan zararni undirish huquqini belgilovchi o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibda kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi 1 . Bunda huquqiy tartibga solish mavzesining bir nuqtasida bir necha nor- malar to‘qnashuvi yuz beradi. Ba’zan esa, buning aksi bo‘ladi, ya’ni muayyan muammoli munosabatni bevosita tartibga soladigan yuridik norma mavjud bo‘lmaydi. Har qanday ixtilofni bartaraf etish uchun huquqni sharhlovchi yoki huquqni qo‘llovchi shaxsdan yuksak kasb malakasi, ish holatini aniq tahlil etish, eng maqsadga muvofiq qaror variantini tanlab olish talab etiladi. Qa- rama-qarshiliklarni bartaraf etishda, odatda, yangi normalar – ya’ni, kollizion normalarni qabul qilish yordam beradi. Masalan, 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 71-bobi «Kollizion norma- lar» deb atalib, unda fuqarolik huquqining asosiy institutlari bo‘yicha kodeks- dagi moddalarni qo‘llashda ziddiyat kelib chiqqanda qaysi qonunlarni qo‘llash belgilangan. Yuridik ixtiloflar, shubhasiz, huquqiy tizimning barqaror va batartib faoliyat yuritishiga xalaqit beradi, aksariyat hollarda fuqarolarning huquqlari buzilishiga olib keladi, huquqiy tartibga solishning samarasiga, qonuniylik va huquqiy tartibotga, jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatiga salbiy ta’sir 1 Хаlq so‘zi, 2008-yil 21-оktabr. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling