Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet448/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

yuridik konfliktologiya shakllanmoqda. Uning asosida yuridik 
konflikt(nizo)ning huquqiy belgilanishi, huquqiy shaklga ega bo‘lishi yotadi. 
Bunda har qanday nizoga xos elementlar (ishtirokchilar, motiv-maqsad, sabab, 
obyekt, jarayon va hokazolar) mavjud bo‘ladi. Yuridik konfliktda nizo (bahs) 
tomonlarning huquqiy munosabati bilan bog‘liq, bunda subyektlar va ular xat-
ti-harakatining motiv-maqsadlari, obyektlari huquqiy xususiyatlarga, nizoning 
o‘zi esa, yuridik oqibatlarga ega bo‘ladi.
Davlat va huquq umumiy nazariyasi bo‘yicha akademik kurs mualliflari 
talqiniga binoan, 
yuridik ixtilof deganda, ayni bir yoki o‘xshash ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi nomu-
tanosiblik yoki qarama-qarshilik, shuningdek huquqni qo‘llash bilan mutasaddi 
davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini amalga 
oshirish jarayonida kelib chiquvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi
3
.

Российская юридическая энциклопедия. Глав. ред. А.Я. Сухарев. – М., 1999. – 437–438-betlar.

Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 503–504-betlar.

Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс / Под ред. проф. М.Н. Марченко.
Том 3. – М., 2001. – 405-bet.


446
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Ma’lumki, qonunchilik murakkab, ko‘p tarmoqli tuzilma bo‘lib, unda turli 
nomutanosiblik, nomuvofiqlik, har xillik, o‘zaro zid qoidalar, raqobatlashuvchi 
normalar va institutlar mavjud. So‘nggi yillarda mamlakatimiz qonunchiligi 
bozor munosabatlarini qaror toptirish yo‘nalishida rivojlanib, miqdor jihat-
dan o‘sib bormoqda. Bunda ijobiy siljishlar bilan bir qatorda islohot talablari-
dan, ijtimoiy jarayonlardan ortda qolish tendensiyalari ham kuzatilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Tahlillar 
shuni ko‘rsatmoqdaki, amaldagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q 
emas»
1
. Yana bir chiqishda davlat rahbari: «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning 
islohotlar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosa-
batlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda»
2
– dedi. Qonun-
larimiz o‘tish davri ruhini aks ettirib, muayyan nobarqarorlik kasb etmoqda
ya’ni ular tez-tez o‘zgartirilib, to‘ldirilib, yangi tahrirda qayta qabul qilinib 
kelmoqda. Davr talablaridan kelib chiqqan holda yuridik normalarning katta-
gina qismini tuzatish, yangi hayotiy voqeliklarga muvofiqlashtirish, xalqaro 
standartlarga moslashtirish, samaradorligini oshirish, batartiblashtirish lozim-
ligi ayondir. Bundan tashqari, qonunchilikning umumiy tizimida turli dara-
jadagi va har xil ahamiyatli, turli yuridik kuchga hamda ijtimoiy yo‘nalishga 
ega bo‘lgan hujjatlar amal qiladi, shuningdek 
unifikatsiya (bir xillashtirish) 
va 
differensiatsiya (turkumlashtirish), birlashtirish va alohidalash jarayonlari 
kechmoqda, vertikal va gorizontal aloqa va tendensiyalar birikib ketishi yuz 
bermoqda. Shu nuqtayi nazardan xulosa qilganda, qonunchilik jo‘shqin, tig‘iz 
rivojlanuvchi, ayni vaqtda, ziddiyatli va asimmetrik (nomutanosib) tizim sifa-
tida namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Ijtimoiy hayotda ba’zan shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularni hal etish tar-
tibi bir vaqtning o‘zida bir necha normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan 
bo‘ladi. Masalan, boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni to‘lash 
tartibi ayni vaqtda ham O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-mod-
dasida, ham O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasida 
nazarda tutilgan. Ammo, ushbu moddalar masalani hal etishga bir xilda yon-
dashmagan. Fuqarolik kodeksining 1009-moddasining III qismiga muvofiq bo-
quvchining o‘limi munosabati bilan zarar: voyaga yetmaganlarga – o‘n sakkiz 
yoshga to‘lgunga qadar; o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga – o‘quvning 
kunduzgi shaklida o‘qishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan 
oshmaguncha to‘lanadi. Biroq, Mehnat kodeksining 192-moddasi V qismida 

Mirziyoyеv Sh. Pаrlаmеntimiz hаqiqiy dеmоkrаtiya mаktаbigа аylаnishi, islоhоtlаrning tаshаbbuskоri 
vа аsоsiy ijrоchisi bo‘lishi kеrаk // Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.

Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq 
fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8-bеt.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling